Denny Vrandečić
Denny Vrandečić | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
27-fevral 1978-yil Shtutgart, Olmoniya |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Sohasi |
Wikidata Semantic Web Semantic wiki World Wide Web |
Ish joylari |
Google Wikimedia Janubiy Kaliforniya universiteti |
Taʼlimi | Karlsruhe texnologiya universiteti (PhD) |
Tezis sarlavhasi | Ontologiyani baholash |
Akademik rahbarlari | Rudi Studer |
Mashhur ishlari |
Wikidata Wikifunctions Semantic MediaWiki |
Turmush oʻrtogʻi | Kamara Vrandečić |
Vebsayt | simia.net |
Zdenko „Denny“ Vrandečić (1978-yil 27-fevralda Olmoniyaning Shtutgart shahrida tugʻilgan) — kelib chiqishi xorvatiyalik kompyuter olimi. U Semantic MediaWiki va Wikidataning hammuallifi, Wikifunctions loyihasining yetakchi ishlab chiqaruvchisi va Wikimedia jamgʻarmasining maxsus loyihalar boʻyicha yetakchi mutaxassisi. U Olmoniyaning The Dark Eye rolli oʻyini uchun modullarni ishlab chiqqan.
AQShning Kaliforniya shtatidagi San-Fransisko koʻrfazi hududida yashaydi[1].
Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vrandečić 1997-yildan Shtutgart universitetida aniq va tabiiy fanlardan tahsil oldi. Doktorlik dissertatsiyasini 2010-yilda Karlsrue texnologiya institutida (KIT) olgan. 2004-yildan 2012-yilgacha Rudi Studer bilan amaliy kompyuter fanlari va rasmiy tavsif tillari institutida (AFIB) bilimlarni boshqarish boʻyicha tadqiqot guruhida ilmiy xodim boʻlgan. 2010-yilda Janubiy Kaliforniya universitetiga kelgan.
Karyera va tadqiqot[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vrandečić maʼlumotlar bazalari, maʼlumotlarni izlash, webga asoslangan ommaviy hamkorlik va semantik veb-saytlar bilan shugʻullanadi. 2012—2013-yillarda Vikipediyaga qardosh loyiha — Wikidata platformasining loyiha menejeri boʻlgan. Markus Krötzsch bilan birga KIT guruhida Semantic MediaWiki saytini yaratgan[2].
2013-yildan Google kompaniyasida ontolog boʻlib ishlay boshlagan[3]. Google tomonidan qidiruv tizimining natijalarini turli manbalardan olingan semantik maʼlumotlar bilan kompilyatsiya qilish uchun foydalanadigan maʼlumotlar bazasini yaratgan[4]. 2019-yil sentabr oyida Vrandečić Googlening loyihalarni rivojlantirish boʻlimida Vikimedia Jamgʻarmasi loyihalari va Google qidiruv tizimini integratsiya qiluvchi Wiki-rezident sifatida ishlayotganini eʼlon qilgan.
2020-yil iyul oyida Googledan ketdi va "Abstract Wikipedia" loyihasini davom ettirish uchun Vikimedia Jamgʻarmasida ishlay boshladi. Loyiha koʻp tilli boʻlib, mashinaga asoslangan bilim platformasini yaratish uchun Vikidata maʼlumotlaridan foydalanishga qaratilgan[5] Vikipediyaning 20 yillik yubileyiga yozgan murojaatida Vikipediya qardosh loyihalari boʻyicha texnik va shaxsiy mulohazalarni ishlab chiqqan.
Xorvatcha Vikipediya asoschilari va administratorlaridan biri. 2008-yilda Vikimaniya ilmiy dasturi rahbari boʻlib ishlagan. 2015 va 2016-yilgi Vikimaniya vasiylik kengashi aʼzosi boʻlgan.
Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vrandecic Xorvatiya va AQSh fuqaroligiga ega[6]. 2012-yilda oʻzbekistonlik Qamarniso Ismoilova (Kamara Vrandečić)ga uylangan. Hozirda rafiqasi va qizi bilan California Bay hududida yashaydi[7].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Contributors (en). PubPub, 2020-10-15. ISBN 978-0-262-53817-6.
- ↑ „Das Wikidata-Team“ (de-DE). Wikimedia Deutschland Blog (4-aprel 2012-yil). Qaraldi: 27-fevral 2021-yil.
- ↑ „Denny Vrandečić at Google“. research.google.com. 5-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „Denny Vrandecic“ (inglizcha). The Knowledge Graph Conference. Qaraldi: 27-fevral 2021-yil.
- ↑ „Abstract Wikipedia/July 2020 announcement - Meta“. meta.wikimedia.org. Qaraldi: 27-fevral 2021-yil.
- ↑ „Eine Wikipedia für alle“. Der Spiegel, Nr. 3, S. 102 (16-yanvar 2021-yil).
- ↑ Contributors (en). PubPub, 2020-10-15. ISBN 978-0-262-53817-6. Contributors. PubPub. 2020-10-15. ISBN / 978-0-262-53817-6|978-0-262-53817-6.