Dengizkul platosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dengizkul platosiQashqadaryo viloyatining gʻarbiy qismidagi plato. Qarshi choʻlinknt janubi-gʻarbida joylashgan. Platoning relyef tuzilishi murakkab. Uning janubiy va gʻarbiy chekkalari atrofdagi tekislikdan keskin koʻtarilgan. Shimoliy va sharqiy chekkalari Qashqadaryo deltasi tekisligiga asta-sekin qoʻshilib ketadi. Eng baland qismi (340–354 m) janubida. Dengizkul platosida qum relyef shakllari rivojlangan boʻlib, asosan doʻng, marzali va barxan shakllaridagi qumliklar mavjud. Ushbu qumliklarni koʻpincha Devxona choʻli deb ham ataydilar. Dengizkul platosida botiqlar ham bor, ularning tubi ku-pincha taqirli tuproklar yoki shoʻrxoklar bilan band. Dengizkul platosining janubiy yon bagʻri Dengizkul botigʻiga tik tushgan. Yon bagʻirda neogen (oqchagʻil yarusi) jinslari — qumtosh, qum, gil, baʼzan konglomerat qatlamlari koʻrinib turadi. Platoda asosan choʻl qum tuproklar, baʼzan pastqamliklarda shoʻrxoklar mavjud. Qumliklarda koʻproq singren, oq saksovul, cherkez, shuvoq, juzgʻun, iloq, rang keng tarqalgan. Shoʻrxoklarda bir yillik shoʻralar oʻsadi. Dengizkul platosida qorakoʻl qoʻylari boqiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Dengizkul platosi" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil