Dengizkoʻl kollektori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dengizkoʻl kollektori - Buxoro viloyatidagi yirik kollektor. 1966 yilda qurilgan. Suv sarfi 33,1 m3/s. Parallel kollektori bilan Dengizkul kulini tutashtiradi. Kollektor boshi va quyilish joyining nishablik farqi 25,3 m. D.k. Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida dehqonchilik qilinadigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, shur va drenaj, tashlama suvlarni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. D.k. suvlari Dengizkul pastligiga quyiladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil