Kontent qismiga oʻtish

Dengiz oʻtlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Avstraliyaning sharqiy sohilida dengiz tubi suv oʻtlari bilan qoplangan
Fucus serratus
Har bir shoxchasining uchida kichik shishgan joylari boʻlgan suv oʻti surati
Quyosh nuri ostida turgan Ascophyllum nodosum suv oʻti, Yangi Shotlandiya, Kanada
Qum ustida yotgan uzilgan suv oʻti shoxchasi surati
AQShning Massachusetts sohili yaqinida uchraydigan Codium fragile
Suv yuzasida suzib turgan suv oʻti uchi tasviri
Otago, Yangi Zelandiyadagi Suv o‘tlari o‘rmonining yuqori qismi

Dengiz oʻtlari yoki makrosuvtoʻtlar deganda minglab turdagi makroskopik, koʻp hujayrali dengiz suvtoʻtlari tushuniladi. Ushbu atama Rhodophyta (qizil), Phaeophyta (qoʻngʻir) va Chlorophyta (yashil) makrosuvtoʻtlarining ayrim turlarini oʻz ichiga oladi. Laminariya (kelps) kabi dengiz oʻtlari turlari baliqchilik xoʻjaliklari va boshqa dengiz jonivorlari uchun muhim yashash muhitini taʼminlaydi va shu orqali oziq-ovqat manbalarini himoya qiladi; plankton suvtoʻtlari kabi boshqa turlar esa uglerodning tutib qolinishi va Yer yuzidagi kislorodning kamida 50% qismini ishlab chiqarishda hayotiy muhim rol oʻynaydi[1].

Tabiiy dengiz oʻtlari ekotizimlari baʼzan inson faoliyati tufayli xavf ostida qoladi. Masalan, laminariyalarni mexanik ravishda suv tubidan kavlab olish resurslarning va unga bogʻliq boʻlgan baliqchilik xoʻjaliklarining yoʻq qilinishiga olib keladi. Dengiz oʻtlari ekotizimlariga boshqa omillar ham tahdid solmoqda; xususan, binafsharang dengiz tipratikanlarining yirtqichlari orasida tarqalgan yemirilish kasalligi tipratikanlar populyatsiyasining keskin ortishiga sabab boʻldi. Bu esa Kaliforniya qirgʻoqlaridagi yirik laminariya oʻrmonlarining vayron boʻlishiga olib keldi[2].

Insoniyat dengiz oʻtlaridan foydalanish maqsadida ularni yetishtirish boʻyicha uzoq tarixga ega. Soʻnggi yillarda dengiz oʻtlari dehqonchiligi oziq-ovqat, turli kimyoviy maqsadlar uchun xomashyo (masalan, karraginan), chorva mollari uchun ozuqa va oʻgʻitlar yetkazib beruvchi global qishloq xoʻjaligi amaliyotiga aylandi. Dengiz ekologiyasidagi ahamiyati va karbonat angidridni yutish xususiyati tufayli, soʻnggi vaqtlarda dengiz oʻtlarini yetishtirishga karbonat angidridning biosekvestratsiyasi orqali iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish strategiyasi sifatida alohida eʼtibor qaratilmoqda[3]. Shuningdek, bu usul ozuqa moddalari bilan ifloslanishni kamaytirish, qirgʻoqboʻyi suv jonivorlari uchun yashash muhitini kengaytirish va okeanlarning lokal kislotalanishini kamaytirish kabi qoʻshimcha afzalliklarga ham ega. Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hukumatlararo paneli (IPCC)ning „Ozgaruvchan iqlimda okean va kriosfera haqidagi maxsus hisoboti ushbu yoʻnalishni iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash taktikasi sifatida „yanada kengroq tadqiq etishni“ tavsiya qiladi[4].

Taksonomiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Dengiz oʻtlari“ atamasi qatʼiy ilmiy taʼrifga ega emas, biroq odatda okeanda yashaydigan va oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin boʻlgan organizmlarni anglatadi. Bu atama okean tubida yashaydigan gulli oʻsimliklarni (masalan, Zostera kabi dengiz oʻtlari), shuningdek, yirik dengiz suvtoʻtlarini ham oʻz ichiga oladi. Umumiy maʼnoda, u koʻp hujayrali suvtoʻtlarining bir nechta guruhidan (qizil, yashil va qoʻngʻir) biridir. Ular umumiy bitta koʻp hujayrali ajdodga ega emas, shu sababli polifiletik guruhni tashkil qiladi[5]. Bundan tashqari, dengiz oʻtlariga oid adabiyotlarda baʼzan koʻk-yashil suvoʻtlar ham koʻrib chiqiladi[6].

Dengiz oʻtlari turlarining aniq soni olimlar oʻrtasida hamon bahs-munozara mavzusi boʻlib qolmoqda, biroq katta ehtimol bilan ularning bir necha ming turi mavjud[7].

Dengiz oʻtlari ekologiyasida ikkita asosiy atrof-muhit talabi ustunlik qiladi. Bular dengiz suvi (yoki kamida shoʻrroq suv) va fotosintezni taʼminlash uchun yetarli darajadagi yorugʻlik. Yana bir keng tarqalgan talab — birikish nuqtasining mavjudligi; shu sababli dengiz oʻtlari koʻpincha litoral zonada (qirgʻoq yaqinidagi suvlar) va ushbu zonaning qum yoki shagʻal qismlaridan koʻra koʻproq toshloq qirgʻoqlarida yashaydi. Bundan tashqari, dengiz tubiga yopishmasdan, suv yuzasida erkin suzib yuruvchi bir necha urugʻlar (masalan, Sargassum va Gracilaria) ham mavjud.

Dengiz oʻtlari turli ekologik nishalarni egallaydi. Baʼzilari suv yuzasida faqat dengiz sachratmalari bilan namlanib tursa, boshqa turlari bir necha metr chuqurlikdagi substratga birikkan holda yashashi mumkin. Ayrim hududlarda litoral dengiz oʻtlari koloniyalari dengiz ichkarisiga qarab bir necha milga choʻzilib ketishi mumkin. Eng chuqur qatlamlarda yashovchi dengiz oʻtlari qizil suvoʻtlarining baʼzi turlaridir. Boshqalari esa toshloq qirgʻoqlardagi suv koʻtarilishi va qaytishi natijasida hosil boʻladigan hovuzchalarda yashashga moslashgan. Bunday yashash muhitida dengiz oʻtlari harorat va shoʻrlanish darajasining keskin oʻzgarishiga hamda vaqti-vaqti bilan qurib qolishga bardosh berishi kerak[8].

  1. „How much oxygen comes from the ocean?“. National Ocean Service. National Oceanic and Atmospheric Administration. Qaraldi: 2021-yil 23-noyabr.
  2. „California's crashing kelp forest“ (en). phys.org. Qaraldi: 2021-yil 24-fevral.
  3. Duarte, Carlos M.; Wu, Jiaping; Xiao, Xi; Bruhn, Annette; Krause-Jensen, Dorte (2017). "Can Seaweed Farming Play a Role in Climate Change Mitigation and Adaptation?" (en). Frontiers in Marine Science 4: 100. doi:10.3389/fmars.2017.00100. ISSN 2296-7745.
  4. Bindoff, N. L.; Cheung, W. W. L.; Kairo, J. G.; Arístegui, J.; Guinder, V. A. „Chapter 5: Changing Ocean, Marine Ecosystems, and Dependent Communities“, . IPCC Special Report on the Ocean and Cryosphere in a Changing Climate, 2019 447–587-bet. 
  5. „5.4: Algae“ (en). Biology LibreTexts (2019-yil 15-iyun). Qaraldi: 2024-yil 10-fevral.
  6. Lobban, Christopher S.; Harrison, Paul J. (1994). "Morphology, life histories, and morphogenesis". Seaweed Ecology and Physiology: 1–68. doi:10.1017/CBO9780511626210.002. ISBN 9780521408974. https://www.cambridge.org/core/books/seaweed-ecology-and-physiology/morphology-life-histories-and-morphogenesis/9359C9B0571E8E75645CBA3C10D9AD58.
  7. Townsend, David W.. Oceanography and Marine Biology: An Introduction to Marine Science. Oxford University Press Inc, March 2012. ISBN 9780878936021. 
  8. Lewis, J. R. 1964. The Ecology of Rocky Shores. The English Universities Press Ltd.
  • Iselin, Josie. An Ocean Garden: The Secret Life of Seaweed (Oregon State University Press, 2023) online book review