Dengiz haritalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dengiz haritalari - dengiz va okeanlarning maxsus geografik haritalari. Dunyo okeanini xoʻjalik va ilmiy maqsadlar uchun oʻrganish va foydalanishda kema yurgizish ilmi va b. masalalar bilan taʼminlashga moʻljallangan. D. x. gidrografik (okeanografik) xizmatlar tomonidan tuziladi va nashr etiladi. D.x. nimaga xizmat qilishiga va mazmuniga koʻra 3 guruhga boʻlinadi: navigatsiya haritalari (qarang Dengiz navigatsiya haritalari), maxsus haritalar, maʼlumotnomali va yordamchi haritalar. Maxsus haritalar har-biy-dengiz floti faoliyatini taʼminlash uchun xizmat qiladi. Maʼlumotnomali va yordamchi haritalar nimaga xizmat qilishiga va mazmuniga koʻra har xil boʻlib, bevosita kema yurgizishni taʼminlashda ishlatilmaydi. Yordamchi haritalarga ortodromik haritalar va shlyupka haritalari, shuningdek, umumiy geografik vazifalar umumiylashtirilgan yoki yengillashtirilgan haritalar kiradi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil