Dengiz choʻchqachalari
Qiyofa
| Dengiz choʻchqachalari | ||
|---|---|---|
| Biologik klassifikatsiya | ||
| ||
Dengiz choʻchqachalari (Cavia) — choʻchqachalar oilasining bir urugʻi. Tanasining uzunligi 35 sm gacha, dumi kalta, tashqi tomondan koʻrinmaydi. Orqa oyoq panjasi 3 barmoqli. 5–6 turi bor. Janubiy Amerikada yalangliklarda uchraydi. In kovlaydi yoki boshqa hayvonlar joyini egallaydi. Kechasi va shomda oziqlanishga chiqadi. Yil davomida koʻpayadi, 1–4 bola tugʻadi. 8 yilga yaqin yashaydi. Dengiz cho'chqachalani xonakilashtirishgan zotlari iste'mol qilinadi. Yevropaga dengiz ortidan keltirilganligi tufayli dengiz cho'chqachalari deb atala boshlagan. Laboratoriya hayvonlari. Katta-kichikligi, yungining rangi va tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladigan bir qancha zotlari bor.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Hayvon haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |