Denge bezgagi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Denge bezgagi

Denge bezgagi oqibatida toshgan toshma
KXK-10 A90
KXK-9 061
DiseasesDB [1]
MedlinePlus 001374
eMedicine med/528

Denge bezgagi (inglizcha: dandy soʻzining oʻzgargan varianti) — oʻtkir transmissiv virusli kasallik[1]. Denge bezgagini keltirib chiqaruvchi viruslar arboviruslarga mansub boʻlib, Flavivirus urugʻining (B antigen guruhining arboviruslari) Flaviviridae oilasiga mansub. Bezgak, intoksikatsiya, mialgiya, artralgiya, toshma toshishi va limfa tugunlarining kattalashishi bilan kechadi. Denge bezgagining ayrim variantlarida gemorragik sindrom rivojlanadi[2][3]. Odatda kasallikdan tiklanish ikki kundan yetti kungacha davom etadi[2]. Kam uchraydigan hollarda kasallik qon ketishi, trombotsitlar bosimininf pasayishi, qon plazmasi oqishi yoki denge shokini keltirib chiqaruvchi katta denge bezgagi yoki gemorragik denge bezgagiga aylanib ketishi mumkin. Bunda qon bosimi xavfli darajada pasayib ketadi[2][3].

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil mart oyida Peruda denge bezgagi tarqaldi, hukumat aholini kasallik yuqishining eng yuqori xavf darajasidan ogohlantirdi. 2021-yil boshidan buyon mamlakatda 12 000 kishi denge bezgagini yuqtirib olgani, ulardan 7 nafari kasallik oqibatida vafot etgani xabar qilindi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Neglected Tropical Diseases“. cdc.gov (6-iyun 2011-yil). 4-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-noyabr 2014-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Dengue and severe dengue Fact sheet N°117“. WHO (1-may 2015-yil). 2-sentyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-fevral 2016-yil.
  3. 3,0 3,1 Kularatne S.A. (9 2015) (en). Dengue fever. 351 (The BMJ nashri). pp. h4661. doi:10.1136/bmj.h4661. PMID 26374064. 
  4. „Перуда денге безгаги тарқалди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 23 март.