Demokratiya maʼbudasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Demokratiya maʼbudasi (anʼanaviy : 民主女神; pinyin : mínzhǔ nǚshén) — 1989-yilda Tyananmen maydonidagi voqealar paytida, Xitoyning Pekin shahridagi Tyananmen maydonida oʻrnatilgan 10 metr balandlikdagi haykal. Haykal 4 kun ichida Pekin Badiiy akademiyasi talabalari tomonidan, metall armatura, penoplast va papye-mashe dan yasalgan. 1989-yil 4-iyunda namoyishlarni bostirish paytida Xitoy armiyasi tomonidan buzib tashlangan. Keyinchalik dunyoning turli shaharlarida bir nechta nusxalari yaratilgan.


Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]