Delta Goodrem
| Delta Goodrem | |
|---|---|
|
Goodrem 2026-yil | |
| Tavalludi |
Delta Lea Goodrem 1984-yil 9-noyabr |
| Fuqaroligi | Avstraliya |
| Kasbi |
|
| Faoliyat yillari | 1993–yildan hozirgacha |
| Turmush oʻrtogʻi |
Matthew Copley (turm. 2025) |
| Mukofotlari | |
| Veb-sayti | deltagoodrem.com |
Delta Li Gudrem (1984-yil 9-noyabrda tugʻilgan) — avstraliyalik qoʻshiqchi, bastakor va aktrisa.
Ushbu qoʻshiqchi ARIA Singles Chart tarixida jami toʻqqizta birinchi oʻrin va 17 ta top-10 xit qoʻshiqlarga ega. Gudremning dunyo boʻylab 8 milliondan ortiq musiqiy albomlari sotilgan. Bundan tashqari faoliyati davomida uchta World Music Awards, 12 ta ARIA Music Awards, bitta MTV Video Music Award va yana bir qator mukofotlar bilan taqdirlangan.
Gudrem 1999-yilda, 15 yoshida Sony Music bilan ovoz yozish shartnomasini imzolagan. Qoʻshiqchining ilk studiyaviy albomi — Innocent Eyes (2003) ARIA albomlar jadvalida 29 hafta davomida birinchi oʻrindan joy olgan. Ushbu albom Avstraliyada eng koʻp sotilgan albomlar qatoriga kiradi. Dunyo boʻylab 4 milliondan ortiq nusxada sotilib, mamlakat tarixidagi eng koʻp sotilgan albomlar oʻrtasida ikkinchi oʻrinni egallagan[1].
Gudremning ikkinchi musiqiy albomi — Mistaken Identity (2004) saraton kasalligiga qarshi davolanish jarayoni davomida yozilgan. 2007-yilda Gudrem oʻzining uchinchi albomi — Deltani chiqardi. Albom tarkibidan yana bir qoʻshiq — In This Life ham oʻrin olgan. Uning toʻrtinchi musiqiy albomi — Child of the Universe (2012) Sitting on Top of the World yakkaxon qoʻshigʻini yaratdi. 2016-yilda chiqarilgan beshinchi albomi — Wings of the Wild ARIA albomlar jadvalida yana bir bor birinchi oʻrinni olgan albomiga aylandi, shuningdek, Wings yakkaxon qoʻshigʻi orqali yana bir hitni taqdim etdi. Gudremning eng soʻnggi musiqiy albomi — Bridge over Troubled Dreams 2021-yil may oyida chiqarilgan.
2012-yildan 2020-yilgacha Gudrem Avstraliya ovozi dasturida sakkiz mavsum davomida murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. 2014-yilda ushbu dasturdagi bir mavsumlik tanaffus davomida esa Bolalar ovozi loyihasida murabbiy boʻlib ishlagan. 2020-yildan buyon u Nine Network telekanalida har yili namoyish etiladigan Yangi yil Delta bilan Rojdestvo maxsus dasturiga boshlovchilik qilib kelmoqda[2][3][4].
Gudrem Avstraliya nomidan Eurovision 2026 qo‘shiq tanlovida Eclipse qoʻshigʻi bilan ishtirok etib, finalda 287 ochko toʻplagan holda toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Bu natija Avstraliyaning tanlov tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natijasi boʻldi. Shuningdek, uning chiqishi hakamlar ovoz berishida ikkinchi oʻrin uchun teng natijani qayd etdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Delta Goodrem to host 2020 ARIA Awards“. The Music Network (2020-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 16-noyabr.
- ↑ „Delta Goodrem returns for a very special Christmas event“. www.nine.com.au. Qaraldi: 2023-yil 5-mart.
- ↑ „Make your Christmas divine with Delta“. Nine for Brands. Qaraldi: 2023-yil 5-mart.
- ↑ „Delta Goodrem to host Christmas TV special on Nine“. www.nine.com.au. Qaraldi: 2023-yil 5-mart.