Alaxdash
(Deliriydan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation
Jump to search
Alaxdash, deliriy – ong o‘zgarishining bir turi, voqealarni anglash qobiliyatining buzilishi. A. vaqtida bemor ko‘pincha bezovtalanib, ko‘ziga turli-tuman qo‘rqinchli narsalar (mas, hayvonlar) ko‘rinadi, uni ay-blovchi, haqoratlovchi tovushlar eshitadi, ba’zan o‘zini himoya qilish payida bo‘ladi, go‘yo atrofidagi hamma narsa o‘zgarib ketgandek tuyuladi. Bemor ko‘ziga ko‘ringan narsalarni, qulog‘iga eshitilgan tovushlarni ko‘pincha yodida saqlab qoladi. Ammo atrofida sodir bo‘lgan voqealarning hammasini eslay olmaydi. A. bir necha soatdan 3–5 kungacha davom etib, ba’zan qaytalanib turadi.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |