Delavarlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Delavarlar (oʻzlarini lenape deb atashadi) — indeys xalqi. AQSH (Nyu-York, Viskonsin, Kanzas, Oklaxoma shtatlari, 3 ming kishi, 1990-y.lar oʻrtalari) da va Kanada (Ontario viloyatining jan.dagi rezervatsiyalarda, 1 ming kishi) da yashaydi. Algonkin tili guruhiga kiradi. Hozir ingliz tilida soʻzlashadi. D. ovchilik, baliqchilik va dehqonchilik bilan shugʻullanishadi. Qadimda qabilaning afsonaviy tarixi yozilgan piktografik (harf oʻrnida rasm ishlatish) yozuvidan foydalanishgan. Dindorlari — protestantlar.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil