Dehqon yuzboshi Shernazar oʻgʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dehqon yuzboshi Shernazar oʻgʻli (1860 — Bachqir qishlogʻi, Fargʻona viloyati — 1942) — atokli askiyachi. 19-asrning oʻrtalarida shuhrat qozongan. "Kal Rustam" degan askiyachiga shogird tushgan. Buvayda va Qoʻqon askiyachilari bellashuvlarida askiya sirlarini oʻrgangan. Mahorati oshgach, hatto Xudoyorxon saroyida xizmat qiluvchi Zokir gov, Saʼdi Mahsum degan qiziqchilar bilan ham bellashgan. Askiyaning "laqab", "boʻlasizmi?", "oʻxshatdim", "afsona", "tutal" kabi qad. shakllarida mohir boʻlgan. Uning doimiy "raqiblari" Mirzarahim domla quloq bilan Us t a Matxoliqlardir. 1925—40 yillarda Qoʻqon sh.dagi Furqat va Muqimiy nomli istirohat bogʻlarida oʻtkazilgan askiya kechalarida Erkaqori Karimov, Mamayunus Tillaboyev kabi askiyachilar bilan kup marta uchrashgan. 1932 yilda Toshkent sirkida va b. anjumanlarda, 1937 yilda esa Moskvada "Oʻzbek xalqining sanʼati" nomli teatrlashgan tomoshada Yusufjon qiziq Shakarjonov, Erkaqori Karimov bilan bellashib oʻz mahoratini namoyish qilgan. D.Yu. Nasritdin Mirzaahmedov, Odilxoʻja Saidxoʻjayev, Mamadali qori Otaboyev, Obiljon Normatov kabi askiyachilarga ustozlik qilgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Askiya [Toʻplovchi va nashrga tayyorlovchi Rasul Muhammadiyev], T., 1970.

Muhsin Qodirov.