Defibrillyasiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Defibrillyasiya (de... va lot. fi brillatio — muskul tolalarining tez qisqarishi) — yurak faoliyati jiddiy izdan chiqqanda yurak qorinchasi yoki boʻlmachasi fibrillyar qisqarishlarining toʻxtashi. Sunʼiy D. bir vaqtning oʻzida yurakka dori bilan kuchli elektr toki taʼsir ettirishdan iborat. Yurak qorinchasi D.si reanimatsiya (jonlantirish)ning muhim usullaridan biri boʻlib, bunda uning qisqarish faoliyati qayta tiklanadi. Yurak boʻlmachasi D.si yurak qisqarishlari sinus ritmining qayta tiklanishiga imkon beradi. D. maxsus apparat — defibrillyator yordamida amalga oshiriladi; bu apparat elektr impulslari generatoridan iborat. D. natijalarini uzluksiz elektrokardiografiyaga qarab aniqlash mumkin.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil