Dedekind kesimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dedekind kesimi - irratsio nal sonlarni aksiomatik kiritish usuli. Yu. Dedekind 1872 yilda ishlab chiqqan. Bu usulga koʻra, ratsional sonlar toʻplami ikki sinfga — "quyi" va "yuqori" sinflarga boʻlinadi, "yuqori" sinfga tegishli istalgan son "quyi" sinfdagi har qanday sondan katta; agar "yukrri" sinfda eng kichik son, "quyi" sinfda esa eng katta son boʻlmasa, bunday kesim (boʻlinish) biror irratsional sonni bildiradi. Irratsional sonni kesim yordamida bunday aniqlash, baʼzan, Dedekind aksiomasi deyiladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil