Dead Trigger

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dead Trigger
Ishlab chiqaruvchi Chexiya Madfinger Games
Nashir etuvchi Yer Madfinger Games
Chiqarilgan sana 2012-yil 26-iyun
Janr Shooter
survival horror
Action/RPG
Platformalar iOS
Android
Yuritkich Unity
Boshqaruv Sensorli ekran


Dead Trigger — Bu Madfinger Games tomonidan ishlab chiqilgan va nashr etilgan zombi-shooter janridagi oʻyin boʻlib. Oʻyin 2012-yil iyun oyida iOS va Android mobil qurilmalari uchun chiqarilgan va uni faqat bitta oʻyinchi oʻynashi mumkin boʻlgan. Dead Trigger 2 nomli davomi 2013-yilda chiqarilgan.

Oʻyin jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyin xarita tasvirlanganekran bilan boshlanadi, bu yerda oʻyinchi hozirda mavjud boʻlgan vazifalarni tanlashi yoki doʻkon, kazino va arenani oʻz ichiga olgan oʻyin xususiyatlariga kirishi mumkin. Har doim bir nechta umumiy missiyalar, shuningdek, hikoya missiyalari mavjud boʻlib. Bundan tashqari, oʻyinchi har kuni kichik oltin bonus uchun kunlik topshiriqni bajarishi mumkin.

Dead Trigger valyutaning ikki shaklini oʻz ichiga oladi: pul va oltin. Pul zombilarni oʻldirish va vazifalarni bajarish orqali missiyalarda olinadi. Oltinni kundalik missiyalarda topish mumkin va oʻyinchi har bir darajaga koʻtarilganda oz miqdorda oltin oladi. Biroq, oltinni shu tarzda olish juda uzoq vaqt talab etadi, oʻyinchi oltinni haqiqiy pulga sotib olishi yoki boshqa ilovalarni yuklab olish orqali oltin ishlab topishi mumkin.

Dead Trigger oddiy daraja tizimini taklif qiladi, bu yerda oʻyinchi tajriba ballarini toʻplaydi va oʻz darajasini oshirishi mumkin boʻladi, ammo darajani oshirish doʻkonda faqat yangi qurol va narsalarni ochadi.

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyin vabo milliardlab odamlarni oʻldirgan va boshqa koʻplab odamlar xavfli mavjudotlarga aylangan dunyoda sodir boʻladi. Insoniyatning yana bir qismi bu dunyoda omon qolishga astoydil harakat qilmoqda. Oʻyinning bosh qahramoni Kayl, Julian Lassan boshchiligidagi omon qolganlar guruhi bilan uchrashadi, ular „Yangi umid“ deb nomlanuvchi koloniyani yarat edi. U ularga qoʻshilib, omon qolishlariga yordam beradi. Guruh shuningdek, yer osti bunkerini topadi va uni asta-sekin qavatma-qavat oʻrganishadi. Oxir-oqibat ular vaboni badavlat guruh rejalashtirganini bilib olishadi. Syujet Julian va Kayl ularning orqasidan borishga qaror qilganlarida tugaydi.

Chiqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyin iOS-da pullik dastur sifatida chiqarildi va keyinchalik Android-da pullik dastur sifatida qoʻshildi. Ishlab chiquvchilar oxir-oqibat yuqori qaroqchilik tufayli ilova ichidagi xaridlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan Free-to-playga oʻtishga qaror qilishadi[1].

Reytinglar va fikrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Metacritic maʼlumotlariga koʻra, oʻyin 15 ta sharh asosida oʻrtacha 100 balldan 70 ball oldi. CNET Dead Trigger -ga 10 balldan 8,7 ball berdi, koʻplab oʻyin elementlarini maqtab, lekin ilova ichidagi xaridlardan foydalanmasdan oltin yigʻish vaqtini tanqid qildi[4]. Mododjo Dead Trigger -ni 5 balldan 4,5 ball bilan baholadi, oʻyin grafikasi va oʻyin jarayonini maqtab, lekin oʻyin davom etar ekan, xilma-xillikning kamligini taʼkidladi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „How high is 'unbelievably high' piracy? Dead Trigger dev's not saying“. Android Central. 2012-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-oktyabr.
  2. „Dead Trigger for iPhone/iPad Reviews“. Metacritic. CBS Interactive. 2018-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-avgust.
  3. Ford, Eric „'Dead Trigger' Review – An Incredible Zombie-Filled Tech Demo“. TouchArcade (2012-yil 3-iyul). 2018-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-avgust.
  4. Cabebe. „Dead Trigger review: Dead Trigger“. CNET. CBS Interactive (2012-yil 22-avgust). 2018-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-avgust.
  5. Buffa. „Dead Trigger“. Modojo (2012-yil 29-iyun). 2018-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-avgust.