De broyl toʻlqini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

De broyl toʻlqini - harakatlanayotgan har qanday zarra bilan bogʻliq boʻlgan hamda uning kvant tabiatini aks ettiruvchi toʻlqin; bu tushunchani 1924 y.da L. de Broyl fanga kiritgan. Hozir toʻlqin funksiyasi deb hisoblanadigan D. B. t. zamonaviy kvant me-xanikaga asos boʻldi. Dastlab, yorugʻlikni zarralar (yoruglik kvantlari) oqimi (qarang Fotoelektr hodisalar, Kompton effekti), baʼzan esa toʻlqinlar oqimi deb (qarang Difraksiya, Interferensiya) tushuntirilar edi. De Broyl har qanday zarra harakati toʻlqin xossalariga ega deb faraz qildi. Zarralar difraksiyasi kashf qilinishi de Broyl farazi toʻgʻriligini tasdiqlaydi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil