Davronbek Tojialiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Davronbek Tojialiyev

Turkiya Media taʼlim dasturida. Turkiya, Anqara shahri, 2014-yil, 15-iyul
Tavalludi 15-fevral 1984-yil (1984-02-15) (40 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (2001—2005)
Oʻzbekiston Milliy Universiteti jurnalistika fakulteti magistraturasi (2005—2007)
Kasbi jurnalist
Millati oʻzbek
Dini islom
Mukofotlari Kutubxona ishining ustasi,
Veb-sayti ziyouz.com

Davronbek Tojialiyev (15-fevral, 1984-yil, Margʻilon shahri, OʻzSSR) — oʻzbekistonlik jurnalist, sayohat blogeri, Ziyouz elektron kutubxonasi asoschisi. 2018-yil „Shuhrat“ medali bilan mukofotlangan[1]. Internet-jurnalistika yo‘nalishida xalqaro „Oltin qalam“ Milliy mukofoti sohibi[2].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tojialiyev Margʻilon shahridagi 3-oʻrta maktab va „Istiqbol“ gimnaziyasida oʻqigan. 2005-yili O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini, 2007-yili O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Jurnalistika sohasida AQSH, Polsha, Germaniya, Turkiya, Qozog‘iston davlatlarida malaka oshirgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Maʼrifat“ gazetasi, „Tafakkur“ nashriyotida ishlagan. 2011-yili AQSHda chop etilgan birinchi o‘zbek gazetasi — „Vatandosh“ning bosh muharriri bo‘lgan[3]. 2019—2020-yillarda Sof.uz axborot nashri bosh muharriri boʻlgan. 2004-yildan beri Ziyouz portali bosh muharriri. 100 ga yaqin maqola va tarjimalari matbuotda, 300 dan ortiq materiallari internetda chop etilgan[4]. Maqolalari AQSH, Turkiya, Xitoy, Qozogʻistondagi ilmiy va kundalik nashrlarda chop etilgan.

Ziyouz portalidagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbek tilidagi eng katta elektron kutubxona 2004-yili Davronbek Tojialiyev tomonidan yaratilgan. Portaldan 15000 dan ortiq elektron kitob; ilm-fan, adabiyot va tarixga oid 5000 dan ortiq ilmiy-publitsistik material; jadidlar, sovetlar, qayta qurish davri matbuotidan 1500 maqola; 30000 dan ortiq aforizmlar, naqllar, ibratli hikoyatlar; o‘zbek xalq ertaklari (500), maqollari (10000), topishmoqlari; mumtoz va zamonaviy o‘zbek sheʼriyatidan 1000 ijodkorning 15000 sheʼri; o‘zbek nasridan 450 dan ortiq ijodkorning 3000 dan ortiq hikoya, qissa va romanlari; jahon sheʼriyati bo‘yicha 120 millatga mansub 1300 ijodkor qalamiga mansub 15000 sheʼr; jahon nasridan 600 dan ziyod ijodkorning 1700 dan ortiq hikoya, qissa va romanlari; 600 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar o‘rin olgan. Ziyouz portalining ruscha versiyasiga O‘zbekiston adabiyoti, tarixi va madaniyatiga oid 1500, inglizcha versiyasiga 200 ta maqola joylangan[5].

Chop etilgan kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Jahon xalqlari maqollari“ (2018)[6]
  • „Kitob haqida kitob“ (2021, 2022)[7]

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yili Internet-jurnalistika yo‘nalishida xalqaro „Oltin qalam“ Milliy mukofotini qo‘lga kiritgan[8].

2012—2014-yillarda UZ Milliy domeni Internet-festivalining „Fan va taʼlim sohasida Tojialiyev yaratgan eng yaxshi sayt“ yo‘nalishida Ziyouz sayti birinchi o‘rinni egallagan[9][10].

2013-yili o‘tkazilgan „Milliy Internet tanlovi“ — MIT.Uzda Tojialiyev yaratgan Ziyouz sayti g‘olib bo‘lgan[2].

2017-yili Qozogʻiston Respublikasi Milliy akademik kutubxonasining „Kitapxana isinin sheberi“ (qozoqcha: Кітапхана ісінің шебері; tarjimasi „Kutubxona ishining ustasi“) medali bilan taqdirlangan[11].

2013—2014-yillarda Germaniya hamda AQSH elchixonalari tomonidan o‘tkazilgan jurnalistlar ijodiy tanlovlarida g‘olib bo‘lgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони, 27.06.2018 йилдаги ПФ-5464-сон“ (2018-yil 27-iyun). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Қачон китобхон миллатга айланамиз? «Xabar.uz» муаллифи долзарб мавзуда китоб ёзди“ (2021-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 11-yanvar.
  3. „"Vatandosh" gazetasi“. Qaraldi: 2023-yil 11-yanvar.
  4. „Давронбек Тожиалиев:"Нега кутубхоналаримиз бозорларимиздай гавжум эмас?"“ (2012-yil 30-aprel). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  5. „Ўзбек тили билан боғлиқ барча манба ва хизматларни қамраган яхлит онлайн порталимиз йўқ – интернетнинг ўзбек сегменти “динозавр”ларидан бири Давронбек Тожиалиев“ (2022-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 11-yanvar.
  6. „Жаҳон халқ мақоллари , "O‘qituvchi" MУ МЧЖ“. [sayt ishlamaydi]
  7. „Китоб ҳақида китоб , "Akademnashr" NMM“. Qaraldi: 2023-yil 11-yanvar. [sayt ishlamaydi]
  8. „Журналистика соҳасида “Олтин қалам” VIII Миллий мукофоти халқаро танлови ғолиблари ва совриндорлари“ (2013-yil 4-may), s. 2.
  9. „UzWebiston: O‘zbekistonda internet festival g‘oliblari aniqlandi“ (2013-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  10. „Ўзбек тилидаги энг машҳур веб-сайт қайси?“ (2013-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  11. „Узбекского журналиста наградили в Казахстане“ (2017-yil 28-iyun). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]