Davron Vahobov
Davron Vahobov (Vaxabov Davron Abdujalalovich) - davlat va jamoat arbobi. 2022-yildan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori[1][2] .
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vaxabov Davron Abdujalalovich 1981-yili Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 2001-yil Toshkent kimyo-texnologiya institutini, 2003-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2007-yil Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Ixtisosligi - muhandis-texnolog, xalqaro biznes, huquqshunos. “Do‘stlik” ordeni sohibi
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mehnat faoliyatini 2001-yilda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi qayta oʼqitish markazi bosh mutaxassisi lavozimidan boshlagan. 2002-2004 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʼzbekekspertiza” OАJ tovarlar sertifikatsiyasi boʼlimi mutaxassisi, 2004-2015 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʼzbekekspertiza” OАJ Sergeli filiali rahbari, 2015-2016 yillarda “Аgroprom Terminal” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori oʼrinbosari vazifalarida ishlagan.
2016—2018-yillarda “Oq Saroy Textile” MCHJ modernizatsiya va loyihalashtirish bo‘limi boshlig‘i, 2018-2019-yillarda “Ostex Colour” MCHJ direktori, 2020-2022- yillarda “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan[3]. 2022-yil 25-martdan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi[4], 2022-yil 6-iyuldan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori[5] lavozimlarida faoliyat yuritmoqda.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tadbirkor“ unvoni (2025)[6]
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amakisi Abrol Vahobov – Oʻzbekiston Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi.
Oilali, uch nafar farzandi bor. Akasi – Javlon Vahobov, Oʻzbekistonning AQShdagi sobiq elchisi[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Vahobod Davron Abdujalalovich Qaralgan sana=27.10.2024“ (ttysi.uz/).
- ↑ „Savdo sanoat palatasi rahbariyati Qaralgan sana=27.10.2024“ (https://chamber.uz).[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Davron Vahobov «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ish boshlaydi Qaralgan sana=27.10.2024“ (kun.uz).
- ↑ „SDavron Vahobov Savdo-sanoat palatasi raisi etib tayinlandi Qaralgan sana=27.10.2024“ (kun.uz).
- ↑ „Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga Savdo-sanoat palatasi raisi rektor etib tayinlandi Qaralgan sana=27.10.2024“ (daryo.uz).
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“ (2025-yil 25-avgust). Qaraldi: 2025-yil 26-avgust.
- ↑ Davron Vahobov Savdo-sanoat palatasi raisi etib tayinlandi