Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
Turi huquqiy
Maqomi agentlik
Ishga tushgan sanasi 2019-yil 3-oktabr
Joylashuvi 8766+39 Ташкент
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Direktor birinchi oʻrinbosari Otabek Hasanov
Vebsayti argos.uz
Til(lar)i Oʻzbek, Rus, Ingliz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi - davlat organlari va tashkilotlarida inson resurslarini rivojlantirish hamda xodimlarni boshqarish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan davlat fuqarolik xizmati ishlari boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.[1]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi „Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Farmoni[2] bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil etilib, uning oldiga yagona kadrlar siyosatini yuritish borasida bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.

Umumiy maʼlumotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Agentlik toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi va unga hisob beradi.

„Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida“gi Nizom Agentlikning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va masʼuliyati, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.

Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi oʻz nomi yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan muhr va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy hisobvaraqlariga egadir.

Agentlik markaziy apparat va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda 12 ta viloyatlardagi filiallaridan iborat.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi oʻz vakolati doirasida qabul qilingan qarorlari davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.[1]

Agentlik vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

— davlat fuqarolik xizmati transformatsiyasining gʻoyaviy platformasini, uni rivojlantirish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona siyosatning amalga oshirilishini taʼminlash;
 — davlat organlari va tashkilotlarining davlat kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
 — davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarini monitoring va tahlil qilish hamda ushbu sohadagi muammolar va tahdidlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
 — ochiqlik, professionallik va hisobdorlik tamoyillariga asoslangan xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usullarini joriy etish;
 — Milliy kadrlar zaxirasini boshqarish, Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestrini yuritish, shuningdek, davlat xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalini tashkil etish va yuritish;
 — davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning oʻlchanadigan indikatorlari (eng muhim koʻrsatkichlari) tizimini joriy etish va ularning natijalarini tahlil qilish, jamoatchilik fikrini oʻrganish hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantirish;
 — malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashayotgan vatandoshlar orasidan aniqlash va jalb etish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga iqtidorli yoshlar va xotin-qizlarni keng jalb etish boʻyicha tizimli ishlarni olib borish;
 — eng istiqbolli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtirish;
 — davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasb etikasi, korrupsiyaga toqatsiz munosabatni va unga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish;
 — davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va uni izchil takomillashtirib borish, davlat fuqarolik xizmatchilari shaxsiy maʼlumotlarining xavfsizligini taʼminlagan holda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
 — davlat fuqarolik xizmatchilarining ish beruvchilar bilan oʻzaro munosabatlarida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashkiliy tuzilishi batafsil
Rahbariyat batafsil
Markaziy apparat batafsil
Meʼyoriy hujjatlar batafsil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „https://www.argos.uz/oz/about“.
  2. „https://lex.uz/ru/docs/-4552053“.