Davlat obligatsiyalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Davlat obligatsiyalari — davlat tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻoz turi: D.o.ni sotib oluvchilar — aholi, firmalar, banklar va turli tashkilotlar investorlar hisoblanadi. [[Obligatsiyalarni sotishdan tushgan pul davlatning daromadini tashkil etadi, ammo u davlatning qarziga ham aylanadi (qarang Davlat qarzi). D.o. muayyan muddatlar uchun chiqariladi. Turli mamlakatlarda qisqa muddatli, oʻrtacha muddatli va uzok. muddatli D.o. mavjud. Muddati kelgach, obligatsiyalarni davlat kaytadan sotib oladi. D.o. daromad keltiruvchi qimmatli qogʻozlar turiga kiradi. Daromad shakliga koʻra D.o.ning yutuqli obligatsiyalar (obligatsiyalarga tegadigan daromad pul yutugʻi shaklida boʻlgani sababli unga foiz toʻlanmaydi), foizli obligatsiyalar (obligatsiyalarga ularning qiymatiga nisbatan foiz hisobida pul toʻlanadi) vadiskontli obligatsiyalar (obligatsiyalar sotilganda nominalidan pastroq narxda sotiladi, ular qaytadan sotib olinganda nominalisummasida pul toʻlanadi) kabi turlari bor. D.o. daromadlari oldindan qatʼiy kafolatlanadi.

D.o. daromadli qogʻozlar boʻlganidan ularni sotish, garovga qoʻyish va kapital sifatida ishlatish mumkin. Oʻzbekistonda 1992-yil 1 iyulda 20 yil muddat bilan yutuqli obligatsiyalar chiqarildi (ularni sotish va sotib olish vaqtincha toʻxtatilgan). Respublikada 1996-yildan dastlabki qisqa muddatli D.o., 1997-yil mart oyidan boshlab 6 oylik qisqa muddatli D.o. chiqarildi (yana qarang [[Obligatsiya).

Sadir Salimov.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil