Davlat bayrogʻi maydoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Davlat Bayrogʻi Maydoni
ozarb. Dövlət Bayrağı Meydanı
National Flag Square e-citizen.jpg
Davlat Bayrogʻi Maydoni
Mamlakat Flag of Azerbaijan.svg Ozarbayjon
Shahar Baku seal.PNG Boku
Tuman Saboil
Qurilgan yili 2009
Boshlanadi Qurbon Abbosov koʻchasi L’F'A
Tugaydi Mikoyıl Useynov prospekti, Oqil Quliyev koʻchasi
Xarita

Map of Baku.PNG Red ring white outline.svg

40°20′40″N 49°50′42″E / 40.34444°N 49.84500°E / 40.34444; 49.84500

Davlat Bayrogʻi MaydoniBoku shahrining Bayil hududida joylashgan memorial obida-istirohat parki. Maydonning ochilishi 2010-yil 1- sentyabrda oʻtkazilgan.[1]

Tarixi[tahrir]

Bokuda Davlat Bayrogʻi Maydonining barpo etilishi toʻgʻrisidagi hujjat 2003-yil 5-oktyabrda imzolandi. Ayni vaqtda Davlat Bayrogʻi kunining taʼsis etilishi toʻgʻrisidagi hujjat ham imzolangan. Har yil 9-noyabr Ozarbayjonda Davlat Bayrogʻi kuni sifatida nishonlanadi.

Davlat Bayrogʻi Maydonining tamali 2007-yil 30-dekabrda Bokuning Bayil mavzesida — Harbiy Flot Qoʻmondonligi bazasi yaqinida prezident Ilhom Aliyev ishtirokida qoʻyildi.

2009-yil oktyabr oyida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev „Boku shahrida joylashgan Davlat Bayrogʻi Maydonida qurilish va obodonlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish uchun qoʻshimcha chora-tadbirlar“ toʻgʻrisida hujjat imzoladi. Maydonda qurilish va obodonlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish uchun Ozarbayjon Respublikasining 2009-yil uchun davlat byudjetida nazarda tutilgan Prezidentning Zahira Fondidan Boku shahri Ijro hokimiyatiga 10 mln manat qoʻshimcha mablagʻ ajratildi.[2]

Maydon uchun tanlangan joy davlat bayrogʻini poytaxtning turli yerlaridan koʻrish imkonini yaratadi.

AQShning „Trident Support“ shirkati tomonidan tayyorlangan loyiha ijrosini Ozarbayjonning „Azenko“ shirkati amalga oshirdi. Umumiy hududi 60 gektar, yuqori qismi maydoni 21 ming kvadrat metr boʻlgan maydonda barcha infrastrukturalar yaratilgan. Maxsus loyiha asosida rejalashtirilgan qurilish ishlarini xorijiy va mahalliy mutaxassislar amalga oshirdilar.

20000 m² hududga ega boʻlgan maydonga oʻrnatilgan ustunning balandligi 162 metr, poydevorining diametri 3,2, ustki qismi esa  1.09 metrdir. Dastgohining umumiy ogʻirligi 220 tonnadir. Bayroqning eni 35 metr, uzunligi 70 metr, umumiy hajmi 2450 kvadratmetr, ogʻirligi esa tahminan 350 kg ga teng. Ginnes rekordlari tashkiloti 2010-yil 29-mayda Ozarbayjon davlat bayrogʻi ustuni dunyodagi eng yirik bayroq ustuni deb tan oldi.[3]

Maydonda qurilgan Ozarbayjon Respublikasi gerbi, davlat madhiyasi matni va Ozarbayjon xaritasi oltin suviga solingan bronzadan tayyorlangan. Maydonda Davlat Bayrogʻi Muzeyi ham ochilgan.

Pochta markasi ustida[tahrir]

2011-yilda chiqarilgan pochta markasi

2011-yil 9-noyabrda Boku shahrida Ozarbayjon Respublikasi Aloqa va Axborot Texnologiyalari Vazirligi „Azermarka“ shirkati tomonidan Ozarbayjon Respublikasi Davlat Bayrogʻi kuniga bagʻishlangan pochta markasi taqdim qilindi. Narxi 30 qapik, tiraji esa 100000 adad boʻlgan ushbu marka Ozarbayjonning minginchi pochta markasi boʻldi. Markada Davlat Bayrogʻi Maydonining tasviri bor.[4][5]

Shuningdek qarang[tahrir]

Adabiyotlar[tahrir]

  • Dövlət Bayrağı Meydanı. Bakı, 2010, b. 75. (ozar.)
  • Əhmədov Səbuhi, Məmmədov Vüqar. Azərbaycan Respublikasının Dövlət Bayrağı. Bakı, 2010, b. 156. (ozar.)

Manbalar[tahrir]

  1. Bayraq Meydanı açıldı.
  2. İlham Əliyev Dövlət Bayrağı Meydanının təntənəli açılış mərasimdə iştirak etmişdir
  3. Paytaxtımızda qürur duyulan yeni ünvan – Dövlət bayrağı meydanı
  4. Dövlət Bayrağı Meydanı Kompleksi İdarəsi yaradılıb (Ozarbayjoncha)
  5. 09.11.2011. 9 noyabr — Azərbaycan Respublikasının Dövlət Bayrağı günü. azermarka.az (Ozarbayjoncha)