Kontent qismiga oʻtish

David Nepomuceno

Vikipediya, erkin ensiklopediya

David Ramos Nepomuceno (1900-yil 9-may – 1939-yil 27-sentyabr) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan ilk filippinlik sportchi. Yengil atletika sportining yugurish turi bilan shugʻullangan va 1924-yil Parijda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Filippinning yagona vakili sifatida ishtirok etgan. Shuningdek, Amerika Qoʻshma Shtatlari harbiy-dengiz flotida dengizchi boʻlib xizmat qilgan va xizmat davomida halok boʻlgan. 1925-yilda 100 metr masofani oʻsha davrdagi jahon rekordidan atigi ikki butun oʻndan bir soniyaga ortiqroq vaqt koʻrsatkichi bilan bosib oʻtgan.

Dastlabki faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nepomuceno, asosan, 100 metr yugurish bahslarida qatnashgan. U va filippinlik boshqa bir sportchi Fortunato Catalon 1920-yillarda jahon darajasidagi sprinterlar hisoblanib, ular Uzoq Sharq musobaqalarida ishtirok etishgan[1][2].

Olimpiada oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filippin 1918-yilda Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasiga qoʻshilganidan soʻng 1924-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida mamlakat sportchilarining ishtirok etishi shart edi[3]. Saralash bahslarida Nepomuceno 100 yard masofani 9.45 soniyada bosib oʻtdi, bu oʻsha paytdagi jahon rekordidan atigi beshdan bir soniyaga sekinroq edi[4]. Sportchida ushbu Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan yagona Filippin vakili boʻlgan, u, shuningdek, Olimpiadada ishtirok etgan ilk filippinlik sportchi ham edi. Nepomucenoga oʻyinlarda Milliy jismoniy tarbiya direktori doktor Regino Ylanan hamroh boʻlgan, shuningdek, uning murabbiyi sifatida xizmat qilgan[5][6].

Olimpiadaga yetib borish uchun Nepomuceno va Ylanan 33 kun davomida Maniladan Marselga paroxodda safar qilishgan. Soʻngra poyezdda Parijga ochilish marosimidan 1 hafta oldin yetib kelishgan[7]. Nepomuceno Filippin jamoasidan yagona sportchi boʻlganligi sababli millatlar paradida bayroqdor ham boʻlgan[8]. Shu vaqtda Filippin hali AQSh koloniyasi boʻlganligi sababli Fransiya Olimpiya Qoʻmitasi unga ikki bayroq koʻtarishi kerakligini aytgan, yuqorida Amerika bayrogʻi, pastda esa Filippin bayrogʻi boʻlish kerak edi[9]. 24 yoshida Nepomuceno Olimpiada oʻyinlari ochilish marosimida ishtirok etgan ilk Filippin va Janubi-Sharqiy Osiyo vakiliga aylangan[1].

Olimpiadada sportchi 100 metr va 200 metr masofalarga yugurdi, ammo har ikkala musobaqada ham chorak finalga chiqish uchun yetarli koʻrsatkichni qayd eta olmagan[10]. Uning muvaffaqiyatsizligi bir necha omillarga bogʻliq edi, jumladan, uzoq dengiz safari, qisqa tayyorgarlik va yugurishdan oldin 2 ta ogʻir bayroqni koʻtarish majburiyati[1][9]. Bir jurnaldagi intervyusida Nepomuceno shunday degan edi: „Sana yung mga susunod sa akin ay hindi maranasan ang naranasan ko (Umid qilamanki, mendan keyin keladiganlar men boshimdan kechirgan narsalarni boshdan kechirmaydilar)“[11]. Shu tariqa Nepomuceno oʻzining ilk va soʻnggi Olimpiadasida ishtirok etgan[1].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nepomuceno AQSh armiyasining Filippin Skautlari safida xizmat qilgan va keyinchalik Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz floti tarkibiga qoʻshilgan[8][12].

Nepomucenoning Crisogono ismli farzandi boʻlgan[1]. Crisogono yengil atletika sohasida rasmiy shaxs sifatida faoliyat yuritgan[13]. Crisogononing Joseph va Da Vinci ismli oʻgʻillari boʻlgan[1].

Nepomuceno 1939-yil 27-sentyabrda 39 yoshida xizmat paytida vafot etgan[8].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „David Nepomuceno, Pioneer Filipino Olympian from Oas, Albay“ (en-US). DATELINE IBALON (2024-yil 2-avgust). Qaraldi: 2024-yil 1-sentyabr.
  2. „Nepomuceno, David“. Philippine Olympian Association (2024-yil 7-avgust). 2024-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-sentyabr.
  3. Satumbaga-Villar. „Year 100: Pinoy athletes come full circle in Paris Games“ (en). Manila Bulletin (2024-yil 24-iyul). Qaraldi: 2024-yil 1-sentyabr.
  4. „Brown and White Vol. 31 no. 54 — 9 May 1924 — The Lehigh Digital Archives“. veridian3.lib.lehigh.edu (1924-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 1-sentyabr.
  5. Henson. „Celebrating the 26 Greatest Filipino Olympians“. Philstar.com (2012-yil 29-iyul). Qaraldi: 2024-yil 1-sentyabr.
  6. Iñigo, Manolo. „Ylanan legacy a tough act to follow“. Philippine Daily Inquirer (2001-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 1-sentyabr.
  7. Henson. „No opening parade in Paris“. Philstar.com (2024-yil 16-may). Qaraldi: 2024-yil 1-sentyabr.
  8. 8,0 8,1 8,2 Garcia. „World-Class Athlete: David Nepomuceno Is The First Filipino Olympian Who Competed In France 100 Years Ago“ (en-US). Lifestyle Asia (2024-yil 9-avgust). Qaraldi: 2024-yil 1-sentyabr.Garcia, Alon (August 9, 2024). „World-Class Athlete: David Nepomuceno Is The First Filipino Olympian Who Competed In France 100 Years Ago“. Lifestyle Asia. Retrieved September 1, 2024.
  9. 9,0 9,1 „PART II: PH athletics stars take turn as Olympic flag-bearers“ (en). Spin.ph (2024-yil 23-iyul). Qaraldi: 2024-yil 1-sentyabr.
  10. „David Nepomuceno Olympic Results“. sports-reference.com. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 20-oktyabr.
  11. Lachica. „David Nepomuceno, 1st Filipino Olympian, smiling sweetly from heaven“ (en). Manila Bulletin (2024-yil 11-iyul). Qaraldi: 2024-yil 1-sentyabr.
  12. Ling, Huping. Asian American History and Culture: An Encyclopedia: An Encyclopedia. Routledge, March 17, 2015 — 298-bet. ISBN 978-1-317-47645-0. 
  13. „Stricken Nepo leaves ICU“. Manila Standard (1991-yil 5-mart). Qaraldi: 2024-yil 1-sentyabr.