Dawid Kownacki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(David Kovnatskiydan yoʻnaltirildi)
Dawid Kownacki
Dawid Kownacki
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dawid Igor Kownacki[1]
Tavallud sanasi 14-mart 1997-yil (1997-03-14) (27 yosh)[1]
Tavallud joyi Gorzów Wielkopolski, Polsha
Boʻyi 1.85 m[2]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Fortuna Düsseldorf
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
GKP Gorzów Wielkopolski
2005–2013 Lech Poznań
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013–2016 Lech Poznań II 8 (5)
2013–2017 Lech Poznań 94 (21)
2017–2020 Sampdoria 35 (6)
2019–2020Fortuna Düsseldorf (ijara) 25 (4)
2020– Fortuna Düsseldorf 56 (13)
2022Lech Poznań (ijara) 14 (4)
Milliy terma jamoa
2011 Polsha U15 4 (7)
2012 Polsha U16 2 (1)
2012–2014 Polsha U17 10 (8)
2014–2016 Polsha U19 4 (0)
2015–2019 Polsha U21 23 (15)
2018– Polsha 7 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(13-noyabr uchun)

DawidIgor Kownacki (talaffuzi: David Kovnatskiy; 1997-yil 14-martda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, 2. Bundesliga klubi Fortuna Düsseldorf va Polsha terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. Polshadan tashqari Italiya va Germaniya klublarida ham o'ynagan[3].

Ilk faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy GKP Gorzów Wielkopolski jamoasida faoliyatini boshlagan Kownacki 2005-yilda Lech Poznańga qo'shilgan. 2013-yil dekabr oyida yosh toifadagi jamoadan asosiy jamoaga oʻtdi. O'zining birinchi Ekstraklasadagi golini 2014-yilning fevral oyida Pogoń Szczecinda qarshi oʻyinda (5:1) oʻtkazdi. Polshaning eng yuqori ligasida ro'yxatdan o'tgan 17 yoshgacha bo'lgan besh nafar futbolchidan biriga aylandi. Keyingi mavsumda o'zining birinchi liga chempionligini qo'lga kiritdi[4].

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sampdoria[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 11-iyulida Kownacki Italiyaning "Sampdoria" klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi[5].

Noyabr oyida Italiya Kubogining 4-turida Delfino Peskaraga qarshi o'yinda dubl qayd etib, bitta golga assistentlik qildi[6].

Fortuna Düsseldorf[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 31-yanvarida Kownacki Germaniya Bundesligasining Fortuna Düsseldorf klubiga sotib olish opsiyasi bilan ijaraga berildi[7].

2019-yil 30-iyunda Kownacki yana sotib olish opsiyasi bilan bir ijaragga Fortunaga qo'shildi[8].

Lechga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 2-fevralda Kownacki ijara asosida birinchi klubi Lech Poznańga qaytdi, mavsum oxirigacha oʻynadi[9].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kownacki Polshanining U16, U17, U19 va U21 terma jamoalarini himoya qildi. 46 o'yinda 31 gol urgan. Birinchi marta Polsha terma jamoasiga 2015-yilning iyun oyida Gruziya va Gretsiyaga qarshi o'yinlari oldidan chaqiruv oldi[10].

2018-yilning may oyida Polshaning 35 kishilik dastlabki tarkibiga kiritildi va keyinchalik Rossiyada bo'lib o'tadigan JCh-2018 uchun yakuniy 23 kishidan iborat tarkibida qoldi[11].

Kownacki in 2014
Kownacki 2014-yilda

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

11-noyabr, 2022-yil holatiga koʻra[12]
Klub Mavsum Liga Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Lech Poznań II 2013—2014 III liga 6 3 6 3
2014—2015 III liga 1 1 1 1
2016—2017 III liga 1 1 1 1
Jami 8 5 8 5
Lech Poznań 2013—2014 Ekstraklasa 13 2 13 2
2014—2015 Ekstraklasa 30 4 5 2 3 1 38 7
2015—2016 Ekstraklasa 24 6 4 0 5 1 1 0 34 7
2016—2017 Ekstraklasa 27 9 5 2 0 0 32 11
Jami 94 21 14 4 8 2 1 0 117 27
Sampdoria 2017—2018 Serie A 22 5 2 3 24 8
2018—2019 Serie A 13 1 3 1 16 2
Jami 35 6 5 4 40 10
Fortuna Düsseldorf 2018—2019 Bundesliga 10 4 1 0 11 4
2019—2020 Bundesliga 20 0 1 0 21 0
2020—2021 2. Bundesliga 27 7 27 7
2021—2022 2. Bundesliga 7 0 1 1 8 1
2022—2023 2. Bundesliga 17 6 2 1 19 7
Jami 81 17 5 2 86 19
Lech Poznań (ijara) 2021—2022 Ekstraklasa 14 4 3 1 17 5
Jami faoliyati 232 53 27 11 8 2 1 0 268 66

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

1-iyun, 2021yil holatiga koʻra[13]
Polsha
Yil Ishtirok Gollar
2018 4 1
2019 2 0
2021 1 0
Jami 7 1

Terma jamoadagi gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 12 iyunda bo'lib o'tgan o'yin holatiga ko'ra. Ballar va natijalar birinchi navbatda Polshaning gollari ro'yxatini ko'rsatadi. [13]
T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2018-yil 12-iyun Stadion Narodowy, Varshava, Polsha  Litva 3–0 4–0 Do'stona

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lech Poznań

  • Ekstraklasa: 2014—2015, 2021—2022
  • Polsha Superkubogi: 2015, 2016

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „FIFA World Cup Russia 2018: List of players: Poland“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Dawid Kownacki“ (pl). Ekstraklasa.org. 2022-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-may.
  3. Dawid Kownacki: W Fortunie odzyskałem radość z gry w piłkę laczynaspilka.pl
  4. „Poland's Dawid Kownacki – 'the next Lewandowski'?“. UEFA.com (2017-yil 20-iyun). Qaraldi: 2021-yil 5-may.
  5. „Kownacki è un calciatore della Sampdoria, arriva dal Lech Poznań“ (it). U.C. Sampdoria (2017-yil 11-iyul). Qaraldi: 2017-yil 11-iyul.
  6. „Coppa: Kownacki seals Samp rout“. Football Italia (2017-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 29-noyabr.
  7. „UFFICIALE: Samp, Kownacki al Fortuna Dusseldorf. C'è il controriscatto“ (it). Qaraldi: 2019-yil 31-yanvar.
  8. Sampdoria (2019-yil 30-iyun). „Kownacki joins Fortuna Dusseldorf on loan with obligation to buy“. Press-reliz.
  9. „Dawid Kownacki wraca do Lecha“ (pl). Lech Poznań (2022-yil 2-fevral). Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
  10. „Poland June Call-Ups for Georgia and Greece Released“. psnfutbol.com (2015-yil 4-iyun). 2015-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-noyabr.
  11. „Revealed: Every World Cup 2018 squad - Final 23-man lists“. Goal.com (2018-yil 4-iyun). Qaraldi: 2021-yil 5-may.
  12. „Dawid Kownacki“. Soccerway. Qaraldi: 2014-yil 24-iyul.
  13. 13,0 13,1 „Kownacki, Dawid“. national-football-teams.com. National Football Teams. Qaraldi: 2021-yil 1-iyun.