Gurjistonlik David IV

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(David IV Georgiyevichdan yoʻnaltirildi)
David IV
gruzincha: დავით აღმაშენებელი
Gurjiston qiroli.
Mansab davri
1089-yil – 1125-yil
Oʻtmishdoshi George II
Vorisi Demetrius I
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1073-yil
Vafoti 1125-yil 24-yanvar
Tbilisi
Turmush oʻrtogʻi Armanistonlik Rusudan
Bolalari Demetrius I
Onasi Elena
Otasi George II
Dini Gurjiston pravoslav cherkovi

David IV – (gruzincha: დავით აღმაშენებელი) (1073-yil– 1125-yil 24-yanvar)– Bagrationlar sulolasining vakili boʻlib, Gurjiston qirolligini 1073-yildan 1125-yilgacha boshqargan. Gurjiston knyazliklarini markazlashgan yaxlit davlatga birlashtirishga asos solgan yirik davlat arbobi. D. "Q." 1097-yil saljuqiylarga soliq toʻlashni toʻxtatib, Gruziyaning mustaqilligini tiklagan. 1104-yil Kaxeti, Ereti va b. shaharlarni oʻz hududiga qoʻshib olgan. 1122-yil Tbilisini ishgʻol qilgan va poytaxtni Kutaisidan Tbilisiga koʻchirgan. D. "Q." cherkovdagi yuqori lavozimni nasldan-naslga oʻtkazishga barham berib, unga hukumat mansabdorlaridan saylash tartibini joriy qilgan. U zodagonlarning koʻngilli lashkarlaridan tashqari, bevosita podshoga qaram boʻlgan doimiy qoʻshin tuzgan (1118—20). D "Q.". qipchoqlar ulugʻ xonining qizi — Guranduxtga uylanib, 45 mingdan ortiq qipchoqni askariy xizmatga jalb etgan. Bundan tashqari u shahar, katta (shoh) koʻchalar, koʻpriklar, qasr (saroy)lar, karvon saroylar qurishga, maorif ishlarini rivojlantirishga katta ahamiyat bergan. Gelati sh.dagi akademiyaga asos solgan. Uning taraqqiyparvarligini nazarda tutib "Quruvchi" deb nom berilgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil