Kontent qismiga oʻtish

Daryo jangi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Daryo jangi
Musulmonlarning Eronga istilosi va
Xolid ibn Valid yurishlarining bir qismi
Sanalar 633-yil aprel
Urush yeri Mesopotamiya (Asoristan)
Natija Roshidun xalifaligi gʻalabasi[1]
Qoʻmondonlar
Roshidun xalifaligi Sosoniylar imperiyasi
Kuchlar
17,000 nomaʼlum

Daryo jangi (arabcha: معركة النهر), shuningdek, al-Madhar jangi sifatida ham tanilgan boʻlib, Mesopotamiyada (Asoriston viloyati) Roshidun xalifaligi va Sosoniylar imperiyasi kuchlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan. Xolid ibn al-Volid qoʻmondonligi ostidagi musulmonlar son jihatidan ustun boʻlgan Sosoniylar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan.

Islom paygʻambari Muhammad 632-yil 8-iyunda vafot etdi va Abu Bakr uning oʻrniga birinchi xalifa etib tayinlandi. Abu Bakrning xalifaligi 27 oy davom etdi va bu davrda Arabiston boʻylab arab qabilalarining isyonlarini bostirib, murtaddlikka qarshi muvaffaqiyatli yurish olib bordi. Madinaning Arabistondagi hokimiyatini tikladi. Isyonlar bostirilgach, Abu Bakr xalifalikdan tashqaridagi yerlarni zabt etish uchun oʻz yurishlarini boshladi. Sosoniylar hamda Vizantiya imperiyasiga (Sharqiy Rim imperiyasi) qarshi yurishlarni amalga oshirdi va shu tarzda bir necha oʻn yil ichida tarixdagi eng yirik imperiyalardan birining shakllanishiga zamin yaratdi.

Ridda urushlaridan soʻng, musulmon qabila boshligʻi Iroqdagi Fors chegara shaharlariga hujum qildi. Ushbu hujumlarning muvaffaqiyati ortidan Abu Bakr xalifalikni kengaytirishni rejalashtirdi va bu ishni boy Fors viloyati hisoblanuvchi Iroqdan boshladi. Roshidun armiyasi qoʻmondoni etib esa eng yaxshi sarkarda Xolid ibn al-Volidni tayinladi. Musulmonlar 633-yil aprel oyida Sosoniylar Fors imperiyasiga bostirib kirdi va Zanjir jangida Sosoniylar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratdi.

Urush oqibati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daryo jangidan soʻng Xolid yana uchta jangda, jumladan, Valaja jangi, Ullays jangi hamda Hira jangida fors qoʻshinlarini magʻlub etdi va oʻzining asosiy maqsadiga erishdi, yaʼni al-Hirani qoʻlga kiritdi. Musulmonlarning Iroqqa birinchi istilosi toʻrt oy ichida yakunlandi. Keyinchalik Abu Bakr Xolidni Suriyaning Vizantiya imperiyasiga qarshi yurishni boshqarish uchun ham yuborgan.