Daryl Janmaat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Daryl Janmaat
Manchester United v Watford, February 2017 Daryl Janmaat (cropped).jpg
Janmaat Watford bilan, 2017-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Daryl Janmaat[1]
Tavallud sanasi 22-iyul 1989-yil (1989-07-22) (33 yosh)[2]
Tavallud joyi Leidschendam, Niderlandiya
Boʻyi 1.85 m[2]
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1995-2007 Feyenoord
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007-2008 ADO Den Haag 25 (2)
2008-2012 Heerenveen 84 (5)
2012-2014 Feyenoord 63 (5)
2014-2016 Newcastle United 71 (3)
2016-2020 Watford 76 (5)
2020-2022 ADO Den Haag 13 (0)
Milliy terma jamoa
2009 Niderlandiya U20 5 (0)
2009-2010 Niderlandiya U21 11 (0)
2012-2018 Niderlandiya 34 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Daryl Janmaat (talaffuzi: Deril Yanmat; 1989-yil 22-iyulda tugʻilgan) — oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan sobiq futbolchi. ADO Den Haagning texnik direktori.

Oʻz faoliyatini ADO Den Haagda boshlagan. Eredivizionning Heerenven va Feyenoord klublarida oʻynagan. 2014-yilda Newcastle Unitedga, keyin esa 2016-yilda Watfordga qoʻshilgan.

2012-yildan beri milliy terma jamoada Janmaat 20 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi va Gollandiya terma jamoasi bilan 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatida 3-oʻrinni oldi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

ADO Den Haag[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leidschendamda tugʻilgan Janmaat oʻzining professional faoliyatini 2007—2008-yillargi mavsumda Eerste Divizionida ADO Den Haag bilan boshlagan.

Heerenveen[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keyingi mavsumda 19 yoshli futbolchi toʻgʻridan-toʻgʻri Erediviziyaga oʻtib, SC Heerenveen bilan shartnoma imzoladi. 2009-yil 23-oktabrda Heerenveenning Yevropa ligasi doirasidagi Hertha Berlinga qarshi o‘yinining 73-daqiqasida norvegiyalik Christian Grindheimning oʻrniga maydonga tushdi va uch daqiqadan so‘ng qoidabuzarlik qilgani uchun qizil kartochka oldi[3][4].

Feyenoord[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janmaat „Feyenoord“ bilan mashgʻulot paytida, 2012-yil

2012-yilning oʻrtalarida, shartnomasi muddati tugaganidan soʻng, Feyenoord bilan shartnoma imzoladi[5]. 2012-yil 9-dekabrda „Feyenoord“ NAC Breda bilan 2:2 hisobidagi durang o‘yinida Janmaat bir daqiqa ichida ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi[6]. 2013-yilning 17-martida „Feyenoord“da „Utrecht“ga qarshi oʻyinda (2:1) g‘alaba to‘pini kiritdi[7].

Newcastle United[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 17-iyulida Janmaat Premyer-liganing Newcastle United klubiga nomaʼlum toʻlov evaziga olti yillik shartnoma asosida qoʻshildi[8]. 17-avgust kuni oʻzining debyutini Manchester Cityga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazdi[9]. 30-avgust kuni Janmaat klubdagi birinchi golini Crystal Palacega qarshi oʻyinda (3:3) kiritdi[10]. Mavsum davomida West Bromwich Albion[11], „Burnley“[12], „Crystal Palace“[13] va „Aston Villa“ga qarshi oʻyinlarda golli uzatmani amalga oshirdi[14].

Watford[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 24-avgustida „Newcastle“ chempionshipga tushib ketganidan so‘ng, Janmaat 7,5 million funt sterling evaziga Premyer-liga vakili Watford bilan shartnoma imzoladi[15].

ADO Den Haagga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 29-dekabrda Janmaat ADO Den Haag bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi[16]. 2021—2022-yilgi mavsumdan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunladi va klubning texnik direktori etib tayinlandi[17].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janmaat 2012-yilning 7-sentyabrida Gollandiya terma jamoasi safida debyut qildi va 2014-yilgi Jahon chempionati saralashida Turkiyaga qarshi oʻyinda (2:0) to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi[18]. 2014-yilning 31-mayida terma jamoa bosh murabbiyi Louis van Gaal Braziliyada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati uchun 23 kishilik yakuniy tarkibga Janmaatni ham qoʻshdi[19]. Turnirdagi ilk o‘yinini 13-iyun kuni o‘tkazdi, uchrashuvda Gollandiya amaldagi chempion Ispaniyani 5:1 hisobida mag‘lub etdi[20].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

26-yanvar, 2021-yil[2][21]
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
ADO Den Haag 2007—2008 Eerste Diviziya 25 2 1 0 7[lower-alpha 1] 1 33 3
Heerenveen 2008—2009 Erediviziya 10 0 1 0 1[lower-alpha 2] 0 12 0
2009—2010 Erediviziya 28 0 2 1 4[lower-alpha 3] 1 1[lower-alpha 4] 0 35 2
2010—2011 Erediviziya 24 3 1 0 25 3
2011—2012 Erediviziya 22 2 5 1 27 3
Jami 84 7 9 2 5 1 1 0 99 8
Feyenoord 2012—2013 Erediviziya 33 3 2 0 4[lower-alpha 5] 0 39 3
2013—2014 Erediviziya 30 2 4 0 1[lower-alpha 3] 0 35 2
Jami 63 5 6 0 5 0 74 5
Newcastle United 2014—2015 Premyer-liga 37 1 0 0 3 0 40 1
2015—2016 Premyer-liga 32 2 1 0 2 1 35 3
2016—2017 Chempionship 2 0 2 0
Jami 71 3 1 0 5 1 77 4
Watford 2016—2017 Premyer-liga 27 2 1 0 28 2
2017—2018 Premyer-liga 23 3 2 0 0 0 25 3
2018—2019 Premyer-liga 18 0 4 0 0 0 22 0
2019—2020 Premyer-liga 8 0 0 0 2 1 10 1
Jami 76 5 7 0 2 1 85 6
ADO Den Haag 2020—2021 Erediviziya 2 0 0 0 0 0 2 0
Jami faoliyati 321 20 24 2 7 2 10 1 8 1 370 26
  1. All appearances in the Eredivisie playoffs.
  2. All appearances in the UEFA Cup.
  3. 3,0 3,1 All appearances in the UEFA Europa League.
  4. All appearances in the Johan Cruijff Shield.
  5. Two appearances in the UEFA Champions League, two appearances in the UEFA Europa League.

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Niderlandiya 2012-yil 3 0
2013-yil 10 0
2014-yil 10 0
2015-yil 4 0
2016-yil 1 0
2017-yil 2 0
2018-yil 4 0
Jami 34 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Watford

Niderlandiya

Individual

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Notification of shirt numbers: Watford“. English Football League. Qaraldi: 27-sentabr 2020-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 „2 Daryl Janmaat“. Premier League. Qaraldi: 4-noyabr 2017-yil.
  3. „Heerenveen leave Hertha hurting“. UEFA (23-oktabr 2009-yil). Qaraldi: 16-iyul 2014-yil.
  4. „Hertha BSC 0–1 Heerenveen“. Soccerway (23-oktabr 2009-yil). Qaraldi: 16-iyul 2014-yil.
  5. „Official: Feyenoord to sign Heerenveen's Daryl Janmaat this summer“. Goal.com (1-fevral 2012-yil). Qaraldi: 16-iyun 2014-yil.
  6. „NAC Breda 2–2 Feyenoord“. Soccerway (9-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 16-iyul 2014-yil.
  7. „Highlights: Feyenoord 2–1 Utrecht“. ESPNFC (17-mart 2013-yil). Qaraldi: 16-iyul 2014-yil.
  8. Marshall. „Newcastle Secure Janmaat Signing“. Newcastle United F.C. (17-iyul 2014-yil). Qaraldi: 17-iyul 2014-yil.
  9. „Newcastle 0–2 Man City“. BBC Sport (17-avgust 2014-yil). Qaraldi: 17-avgust 2014-yil.
  10. „Newcastle United 3–3 Crystal Palace“. BBC Sport (30-avgust 2014-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2017-yil.
  11. „West Bromwich Albion 0–3 Newcastle United 3–3 Crystal Palace“. BBC Sport (9-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2017-yil.
  12. „Newcastle United 3–3 Burnley“. BBC Sport (1-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2017-yil.
  13. „Crystal Palace 1–1 Newcastle United“. BBC Sport (11-fevral 2015-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2017-yil.
  14. „Newcastle United 1–0 Aston Villa“. BBC Sport (28-fevral 2015-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2017-yil.
  15. „Janmaat joins the Hornets“ (en-GB). watfordfc.com (24-avgust 2016-yil). Qaraldi: 24-avgust 2016-yil.
  16. Gray. „Former Watford defender Daryl Janmaat joins ADO Den Haag“. Watford Observer (29-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  17. „DARYL JANMAAT NIEUWE TECHNISCH MANAGER ADO DEN HAAG“ (nl). ADO Den Haag (22-iyun 2022-yil). Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
  18. „Martins Indi en Janmaat niet foutloos: 'Had beter gekund'“. Voetbal International (8-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 8-mart 2014-yil.
  19. „Holland World Cup squad: Louis van Gaal wields the axe to select final 23 for Brazil“. Mirror (31-may 2014-yil). Qaraldi: 17-iyul 2014-yil.
  20. „RVP, Robben inspire incredible Spanish thrashing“. FIFA.com (13-iyun 2014-yil). Qaraldi: 18-iyun 2014-yil.
  21. Daryl Janmaat Soccerway saytida
  22. McNulty, Phil. „Manchester City 6–0 Watford“. BBC Sport (18-may 2019-yil). Qaraldi: 18-may 2019-yil.
  23. „Brazil 0–3 Netherlands“. FIFA. 7-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-may 2019-yil.
  24. „Saint-Maximin voted North-East FWA Player of the Year“. footballwriters.co.uk (13-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 30-avgust 2022-yil.