Darya Domracheva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Darya Domracheva
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud paytidagi ismi Darya Uladzimirauna Domracheva
Fuqaroligi Andoza:Country data Belarusiya
Tavallud sanasi 3 August 1986 (1986-08-03) (yoshi 37)
Minsk, Belarusiya

Darya Uladzimirauna Domracheva (belaruscha: Дар’я Уладзіміраўна Домрачэва; 1986-yil 3-avgustda tugʻilgan) — isteʼfodagi belaruslik biatlonchi va murabbiy, 2006-yildan 2018-yilgacha biatlon boʻyicha Jahon kubogida qatnashgan[1]. U 4×6 km estafeta boʻyicha oltin medalni va 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida ommaviy start musobaqasida kumush medal, 2014-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida taʼqib qilish, yakkalik va ommaviy start musobaqalarida uchta oltin medal va 2010-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida shaxsiy musobaqada bronza medalini qoʻlga kiritgan. Sportchi 2014—2015-yilgi mavsumda biatlon boʻyicha Jahon kubogi gʻolibi boʻlgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Domracheva sport faoliyani 1992-yilda changʻi sporti bilan boshlagan, keyinchaik 1999-yilda biatlonga oʻtgan. U dastlab Rossiyani oʻsmirlar darajasida himoya qilgan, ammo 2004-yilda Belarusga oʻtish taklifini olgan[2]. U 2006-yilda biatlon boʻyicha Belarus milliy terma jamoasiga qoʻshilgan. Domracheva 2005-yilda Kontiolahtida (Finlandiya) boʻlib oʻtgan IBU yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida sprint va taʼqib qilishda gʻolib boʻlgan. Oxirgi bahs boʻlgan yakkalik poygada 40-oʻrinni egallagan.

Domracheva 2006-yilda Men shtatining Presk -Ayle shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida taʼqib qilishda 3-oʻrinni va shaxsiy musobaqalarda 4-oʻrinni egalladi. 2007-yilda u Italiyaning Martell shahrida oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida sprint va taʼqib boʻyicha ikkita kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Uning muvaffaqiyati 2008—2009-yilgi mavsumda amalga oshgan, Sportchi ikkita uchinchi oʻrin va bitta ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.

Domracheva 2010-yilda Belarusda yilning eng yaxshi ayol sportchisi deb topilagan va oʻsha yili xizmat koʻrsatgan sport ustasi unvoniga sazovor boʻlgan[2].

2015-yil avgust oyida Domracheva iyul oyida tashxis qoʻyilgan mononuklyoz tufayli JCh-2015—2016-yilgi mavsumini oʻtkazib yuborishga qaror qilgan[3].

2019-yil sentyabr oyida u turmush oʻrtogʻi Ole Eynar Byorndalen bilan birga Xitoy jamoasiga biatlon boʻyicha murabbiy etib tayinlangan va jamoani 2022-yilda Pekindagi Qishki Olimpiya oʻyinlariga tayyorlagan[4].

Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Domracheva 2011—2012 yillarda taʼqib qilish boʻyicha Jahon kubogida gʻolib boʻlgan va 2011—2012-yillarda Ommaviy-Start Jahon kubogida gʻolib chiqqan. 2011—2012-yilgi Jahon chempionatida u Magdalena Noynerdan 1216 ochko ortda qoldirib, 1188 ochko bilan mavsumni ikkinchi oʻrinda yakunlagan.

Rekord[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

6 ta medal (4 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza)

Musobaqa Yakkalik Sprint Taʼqib qilish Ommaviy start Estafeta Aralash estafeta
Kanada2010-yil Vankuver Bronza 8 15 6 7
Rossiya2014-yil Sochi Oltin 9 Oltin Oltin 5
Janubiy Koreya2018-yil Pxyonchxan 27 9 37 Kumush Oltin 5

Jahon chempionatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

7 ta medal (2 ta oltin, 4 ta kumush, 1 ta bronza)

Musobaqa Yakkalik Sprint Taʼqib qilish Ommaviy start Estafeta Aralash estafeta
Italiya2007-yil Antholz-Anterselva - 13 22 DNF 5 13
Shvetsiya2008-yil Ostersund - 46 25 - 5 Kumush
Janubiy Koreya2009-yil Pxyonchxan 11 53 5 6 4 9
Rossiya2010-yil Xanti-Mansiysk Olimpiya mavsumida oʻtkazilmagan 9
Rossiya2011-yil Xanti-Mansiysk 19 26 35 Kumush Bronza 10
Germaniya2012-yil Ruhpolding 25 Kumush Oltin 5 4 6
Chexiya2013-yil Nové Město 33 43 25 Oltin 7 11
Finlandiya2015-yil Kontiolahti 16 25 7 4 7 4
Norvegiya2016-yil Oslo - - - - - -
Avstriya2017-yil Hochfilzen 13 27 Kumush 19 9 -

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Domracheva 2008-yil Östersunddagi jahon chempionatida

Domracheva Minskda tugʻilgan. U toʻrt yoshga toʻlganda, meʼmor boʻlgan ota-onasi Sibirdagi Nyagan kichik shaharchasiga koʻchib oʻtgan. Domracheva olti yoshida changʻi uchishni boshlagan. Changʻi poygalarida u qizlar oʻrtasida raqobatchi boʻlmagani uchun oʻgʻil bolalar bilan kuch sinashgan. 1999-yilda Nyagan shahrida biatlon maktabi ochilgan, unda Domracheva tahsil olgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Chetirexkratnaya olimpiyskaya chempionka Darya Domracheva obʼyavila o zavershenii kareri. TASS.ru (25 June 2018)
  2. 2,0 2,1 „Athletes: Darya Domracheva“. sochi2014. 7-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-fevral 2014-yil.
  3. „Olympic champion Darya Domracheva to miss biathlon season“. Zee News (5-avgust 2015-yil). 4-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2015-yil.
  4. OlympicTalk. „China continues big-name Winter Olympic coaching hires with biathlon king“ (inglizcha). OlympicTalk (1-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2019-yil.