Darvesh muhammad ibn Doʻstmuhammad Buxoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Darvesh muhammad ibn Doʻstmuhammad Buxoriy (16-asr) — xattot, husnixat nazariyotchisi. Fors tilida bitgan "Favoyid ul-xututi" ("Xatlar foydalari") risolasining 4 nusxasi OʻzFASHI jamgʻarmasida (inv. № 2617, 2606, 2383, 9038) saqlanadi. Asar 2 qismdan iborat boʻlib, 1-qismida yozuvning paydo boʻlishi, xat usuli yaratuvchilarining tarjimai holi, arab yozuvining 14 xil usuli va ularning kelib chiqishi, atamalar va ularning etimologiyasi haqida maʼlumot berilgan; 2-qismida xat turlaridan suls, tavqe, rayhon, nasx, riqo, gʻubor va b. usullarining tavsifi va yozilish qoidalari bayon qilingan hamda har bir harfning yozilish qoidalari tushuntirilgan. Mazkur risola Markaziy Osiyoda yaratilgan husnixat sanʼati haqidagi eng muhim qad. asarlardan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil