Kontent qismiga oʻtish

Darren Hayes

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Darren Hayes

Darren Hayes (2006)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 8-may 1972
Janrlar pop, elektronika
Fuqaroligi Avstraliya
Veb-sayt darrenhayes.com

Darren Stanley Hayes (talaffuzi: Darren Heyz; 1972-yil 8-mayda tugʻilgan) avstraliyalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va podkastchidir. Hayes 1996-yili Savage Garden pop-dueti tarkibida musiqiy karyerasini boshlaydi, ularning bir xil nomli „Savage Garden“ albomligi 1997-yili ularni yulduzlikka olib chiqadi. Bu albomdan „I Want You“, „To the Moon and Back“ va „Truly Madly Deeply“ singllari dunyo yuzini koʻradi. Duetga navbatdagi muvaffaqiyat ularning keyingi albomi — „Affirmation“ (1999) keladi, undagi „I Knew I Loved You“ va „The Animal Song“ qoʻshiqlar hitga aylanadi. Savage Garden 2001-yili alohida yoʻllardan ketgunga qadar dunyo miqyosida 23 milliondan ortiq albomlarni sotishadi.

Hayes oʻzining birinchi yakkahon albomi "Spin"ni 2002-yilda yozadi. Albom dunyo boʻylab ikki million nusha bilan tarqaladi, Britaniyaning albomlar chartida #2 oʻrinda debyutlaydi va „Insatiable“ singlini dunyoga keltiradi. Albom Savage Gardenning muvaffaqiyatini davom ettiradi deb tushunilgan va Hayesni yanada kattaroq yulduzga aylantiradi ham, ammo u dunyoda katta adad bilan tarqalishiga qaramay, Hayesning yozuv kompaniyasini ishonchini oqlamaydi. Hayesning ikkinchi yakkahon albomi "The Tension and the Spark" uning yangi qirralarini ochadi, shu jumladan uning elektronika va depressiv, mungli matnlar kabilarni. Oxir-oqibat 2006-yilda Hayes va uning yozuv kompaniyasi bilan yoʻllari ajraladi. Soʻng Hayes oʻzining mustaqil yozuv leybli — „Powdered Sugar“ga asos soladi va shu leyblda uchinchi yakkahon albomi — "This Delicate Thing Weʼve Made" (2007)ni chiqaradi. Savage Garden bilan faoliyatini qoʻshgan holda Darren Hayes dunyo boʻylab 25 milliondan ortiq albomlarini sotishga muvaffaq boʻlgan.

Avvalgi hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hayes 1972-yili 8-mayda Brisbeyn, Avstraliyada tavallud topdi. U uch farzand ichida eng kichigi. Mabel Park yuqori maktabida Hayes „Poʻlat odam“ (Jimmy Olsenni oʻynaydi, 1988-y.) va "Hayr, qushcha (Albertni oʻynaydi, 1989) myuzikllarida rollarni ijro etadi. U shuningdek, 1989-yili maktabni tamomlashdan oldin maktab konsertlarida qoʻshiq kuylaydi. Hayes Kvinslend universitetida oʻqishni davom ettiradi. Ammo, musiqiy karyerani orqasidan quvib, oʻqishni tashlaydi. Shuningdek, Hayes universitetda oʻqiyotgan paytida Colby Taylor ismli vizajchini uchratadi, juftlik vaqt oʻtib turmush quradi. Ular 1998-yili aytishib qolishadi va 1999-yili ajrashishadi.

Musiqiy karyera

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-2001: Savage Garden

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yili, Hayes jurnalda Daniel Jones tomonidan joylashtirilgan Red Edge guruhiga vokalchi qidirilayotgani haqidagi eʼlonga javob beradi. Hayes eshittirishda oʻzining ovozini yaxshi namoyon etadi. Red Edge guruhi 1994-yili tarqalib ketadi va Hayes va Jones dastlab „Crush“ nomli guruhni tuzishadi. Ammo, Buyuk Britaniyada xuddi shunday nomli va bu nomga huquqlari roʻyxatga olingan guruh mavjud edi. Shundan soʻng juftlik Anne Rice tomonidan The Vampire Lestat romanida ishlatilgan gap — Savage Garden — deb nomlana boshladilar.

Savage Garden oʻzligining debyut albomini 1995-yili Charles Fisher ismli prodyuser bilan yoza boshlaydilar. Ularning birinchi singli „I Want You“ 1996-yili relizlanadi va Avstraliyada eng koʻp sotilgan singlga aylanadi. Ikkinchi singl „To the Moon and Back“ Avstraliya chartlarining choʻqqisiga 1996-yilning oxirida chiqadi. Uchinchi singl „Truly Madly Deeply“ ularning ikkinchi yutugʻi boʻlib 1997-yilning eng koʻp sotilgan singli boʻladi. Ularning debyut albomi — Savage Garden 1997-yilning eng yaxshi sotilgan albomi deb topilib, duet „ARIA Awards“ mukofotini qoʻlga kiritadi.

Hayes Savage Gardenni xalqaro mashhur qilish uchun Nyu Yorkka otlanadi, Daniel Jones esa ungacha Brisbeynda qolib turadi. Harakatlar zoye ketmaydi va „Truly Madly Deeply“ 1998-yili AQSH chartlarining choʻqqisiga chiqadi. Savage Garden albomi AQSHda yetti million nusha bilan tarqaladi.

Nyu York shahrida Hayes Affirmationni yozadi. Albomning ayrim qismlari munosabatlarning tamom boʻlganligidan hosil boʻlgan ogʻriqni koʻrsatardi. Affirmation 1999-yili relizlanadi va navbatdagi singl „I Knew I Loved You“ AQSHda birinchi oʻringa chiqib, 2000-yil oxiriga kelib olti million nusha bilan tarqaladi. Juftlik Sidneydagi 2000-yil yozgi olimpiadasining yopilish marosimida qoʻshiq ijro etishadi. Hayes Sausalito Kaliforniyaga 2000-yili koʻchib oʻtadi. Hayes 2001-yil oktyabr avstraliyalik jurnalist bilan intervyuda Savage Garden tarqalib ketganini aytadi.

2002-bugun: Yakkahon karyera

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Spin (2002), Hayes’ning yakkahon debyut albomi.

Hayes oʻzining birinchi yakkahon albomi Spinni 2002-yili relizlaydi. Albom Affirmationning prodyuseri — Walter Afanasieff tomonidan prodyuserlanadi. Birinchi singl „Insatiable“ ballada boʻlib, Avstraliyada uchinchi oʻringa yetadi. „Strange Relationship“, „Crush (1980 Me)“ va „I Miss You“ kabi singllar ham chartlarda yaxshi natijalarga erishadilar. Albom Avstraliyada Top 5talikda 3 oʻringa chiqib, Buyuk Britaniyada 2 oʻringa yetadi. U shuningdek, Daniya, Shvetsiya va Finlandiyada top oʻntalikka kiradi.

2003-2004: The Tension and the Spark

[tahrir | manbasini tahrirlash]
The Tension and the Spark (2004), Hayes’ning ikkinchi yakkahon albomi.

Hayes ikkinchi yakkahon albomi The Tension and the Sparkni ikki yil davomida yozadi. Madonna bilan ishlaydigan Marius De Vries prodyuserlagan „I Forgive You“ trekidan tashqari qolgan butun albomni Darrenning oʻzi va Robert Conley (u bilan avval turga chiqqan edi va Spin albomi uchun „Crush (1980 Me)“ni yozgan edi) prodyuserlashadi. Albom Hayesning yoʻnalishidan keskin farq qiladi. Conley’ning mahsuli akustik asboblar ishlatilgan deyarli toʻliq elektronik edi. Bu oldinga katta artistik qadam boʻlishiga va Hayesning karyerasiga katta maqtovlar olib kelganiga qaramay, uni eshitadigan auditoriya boshqa albom kutayotgan edi va ular orasida jarlik paydo boʻladi. Birinchi singl „Pop!ular“ 2004-yil 12-iyulda relizlanadi. Bu singl AQSHning Raqs Chartlarida birinchi oʻrinni egallaydi, Buyuk Britaniyada ham yaxshi koʻrsatkichga ega boʻladi.

2005-2006: Truly Madly Completely va Columbia bilan hayrlashuv

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Truly Madly Completely: The Best of Savage Garden (2005), Savage Gardenning oxirgi, yakuniy albomi.

2005-yili Hayes Savage Gardenning eng buyuk hitlar kompilyatsiyasi Truly Madly Completely: The Best of Savage Gardenga kirgan tarona „So Beautiful“ni yozadi. Kompilyatsiya shuningdek, Darren tomonidan yozilgan „California“ nomli ikkinchi trekni ham oʻz ichiga olardi. Treklarning ikkalovi Hayesning dastlabki musiqa jarangini eslatardi, shuningdek, unda The Tension and the Sparkga oʻxshagan elektronik jilolar ham bor edi.

2006-yil 9-iyul kuni Columbia Records Darren Hayes bilan oʻn yillik hamkorlik hamda 24 millionlik albom sotuvlaridan soʻng yoʻllari ayrilashganini eʼlon qildi.

2007-bugun: This Delicate Thing Weʼve Made

[tahrir | manbasini tahrirlash]
This Delicate Thing We've Made (2007), Hayes’ning uchinchi yakkahon albomi, ikki qavatli diskda chiqarilgan.

Hayes oʻzining uchinchi yakkahon albomi This Delicate Thing We've Madeni 2007-yili yozib tugatadi.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hayes yoshligidan Yulduz Urushlari (Star Wars) filmining muhlisidir. U Yulduz Urushlariga tegishli suvenirlarni yigʻadi va u hattoki Yulduz Urushlari Epizod III: Sithning qasdi (Star Wars Episode III: Revenge of the Sith) filmida rol uchun kastingda qatnashgan.

Hayes 2004-yilgacha Londonda yashaydi.

Studiyaviy albomlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2002: Spin
  • 2004: The Tension and the Spark
  • 2007: This Delicate Thing Weʼve Made
  • 2006: Darren Hayes — Too Close for Comfort: Tour Film
  • 2006: A Big Night in with Darren Hayes
  • 2002: „Insatiable“
  • 2002: „Strange Relationship“
  • 2002: „I Miss You“
  • 2002: „Crush (1980 Me)“
  • 2004: „Pop!ular“
  • 2004: „Darkness“
  • 2004: „Unlovable“
  • 2005: „So Beautiful“
  • 2007: „On the Verge of Something Wonderful“
  • 2007: „Me, Myself and (I)“