Darling (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Darlingdan yoʻnaltirildi)
Darling (daryo)
Tavsif
Uzunligi 1 472
Suv sarfi 100 m³/s
Joylashuvi
Davlat Avstraliya
Darling (daryo)


Darling (yuqori oqimida — Baruon) — Avstraliyadagi daryo, Murrey daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 2740 km. Havzasining mayd. 650 ming km2 (baʼzi maʼlumotlarga koʻra 410 ming km2). Nyu-Inglend tizmasining gʻarbiy yon bagʻirlaridan boshlanib, quyi oqimida chala choʻldan oqadi. D. serirmoqdaryo, unga Paru, Uorrego, Makkuori va b. irmoqlar quyiladi. Daryoning suv sat-hi baʼzan 6–8 m koʻtariladi. Oʻrtacha suv sarfi 42 m’/sek. Yoz oylarida quyi oqimi qurib qoladi va oʻzanida koʻllar vujudga keladi. Daryo toʻlib oqqanda Byork sh.dan quyi oqimigacha kemalar qatnaydi. Sugʻorishda foydalaniladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil