Darkstone

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Darkstone
Ishlab chiqaruvchi Delphine Software International
Nashir etuvchi PlayStation' [1]
Qoʻshma Shtatlar Take-Two Interactive
Yevropa IttifoqiElectronic Arts
Microsoft Windows[2]
Gathering of Developers
Chiqarilgan sana Microsoft Windows
1999-yil 31-iyun PlayStation
2001-yil 28-yanvar[1]
Janr Action/RPG
Platformalar Windows
Playstation


Darkstone — Bu Fransiyaning Delphine Software International kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va Microsoft Windows (1999-yilda) va Playstation (2001-yilda) platformalari uchun chiqarilgan Action/RPG janridagi videooʻyin boʻlib. Oʻyin koʻp jihatdan Diabloga oʻxshaydi.

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yovuz lord Draak (inglizcha: Draak) Ajdahoga aylanish qobiliyatiga ega boʻlgan Draak magʻlubiyatidan keyin kuchlarini qayta yigʻib, oʻz qoʻshini bilan Aql olamiga (inglizcha: Uma) qaytadi oʻlim va halokat keltiradi. Oʻyinchilar Draakning uyiga yoʻl topishlari va uni jangda magʻlub etishlari kerak. Yoʻl davomida ular yettita kristalni topib, vaqt sferasini qayta yaratish uchun foydalanishlari kerak (inglizcha: time orb), ularsiz Draakni magʻlub etib boʻlmaydi.

Oʻyin jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyin jarayoni umuan olganda Diablo oʻyiniga oʻxshaydi. Oʻyin dunyosi shaharlarga boʻlingan boʻlib, u yerda siz qurol va boshqa narsalarni sotib olishingiz yoki sotishingiz va kvestlarni olishingiz mumkin. Bundan tashqari bir necha hududlarda yer-osti gʻorlari muvjud boʻlib. Har bir yer-osti gʻorlari kvest bilan bogʻlangan va toʻrt darajadan iborat boʻladi. Kvestni bajarib, oʻyinchi yettita kristaldan birini oladi. Oxirgi yer-osti gʻori Draakning uyiga olib boradi.

Yer-osti gʻorlari koridorlar va xonalardan iborat boʻlib. Ularda foydali narsalarni topishingiz mumkin boʻlgan juda koʻp qutilar, vazalar va sandiqlar mavjud. Quduqlarda mana va salomatlikni tiklasa boʻladi.

Foydalanuvchi interfeysi Diabloʻda ishlatiladigan interfeysga oʻxshaydi. Windows versiyasida harakat va hujumlar sichqoncha bilan amalga oshiriladi. Har bir personaj inventarga ega boʻlib, unda narsalar saqlanadi.

Sharhlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Windows versiyasi umumiy olganda tanqidchilarning ijobiy sharhlarini oldi. IGN veb-saytidagi sharhda oʻyinning quyidagi ijobiy tomonlari qayd etilgan: koʻp sonli oʻyin elementlari(sehrlar, qobiliyatlar, qurollar va boshqalar), batafsil foydalanuvchi qoʻllanmasi, aniq va chiroyli grafikalar, yaxshi ovozli soundtrack, tezkor va qiziqarli oʻyin, xaritalar va kvestlarni tasodifiy yaratish orqali qayta ishlash imkoniyati, yaxshi multiplayer. GameSpot sharhida oʻyin Diablo dan bir qadam oldinda ekanligi aytilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Search:. „Darkstone Release Information for PlayStation“ (deadlink). GameFAQs (2001-yil 28-yanvar). 2012-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-aprel.
  2. Search:. „Darkstone Release Information for PC“ (deadlink). GameFAQs (1999-yil 31-iyul). 2012-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-aprel.
  3. „Darkstone“ (en) (deadlink). Allgame. 2012-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-yanvar.
  4. „Darkstone“ (en) (deadlink). Allgame. 2012-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-yanvar.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 „Shadow Watch“ (en) (deadlink). Game Rankings. 2012-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-yanvar.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 „Shadow Watch“ (en) (deadlink). Game Rankings. 2012-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-yanvar.
  7. „Darkstone“ (en) (deadlink). Game Revolution (1999-yil 1-sentyabr). 2012-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-yanvar.
  8. „Darkstone“ (en). GameSpot (1999-yil 13-avgust). 2011-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-yanvar.
  9. „Darkstone“ (en). GameSpot (2001-yil 9-fevral). 2013-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-yanvar.
  10. „Darkstone“ (en) (deadlink). IGN (1999-yil 13-avgust). 2012-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-yanvar.
  11. „Darkstone“ (en) (deadlink). IGN (2001-yil 13-fevral). 2012-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-yanvar.
  12. „Darkstone“. Absolute Games (1999-yil 7-avgust). 2011-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-yanvar.
  13. Вершинин А. Darkstone // Game.EXE. — 1999. — Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр.
  14. „Darkstone“ (en) (deadlink). Metacritic. 2012-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-yanvar.