Kontent qismiga oʻtish

Darko Marković

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Darko Marković
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Darko Marković
Tavallud sanasi 1987-yil 15-may (1987-05-15) (39 yosh)
Tavallud joyi Titograd, SFR Yugoslavia
Boʻyi 1.83 m (6 ft 0 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
OFK Titograd
Raqami 7
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2003 FK Budućnost Podgorica
2003—2007 FK Zeta 95 (6)
2008—2011 Paxtakor 96 (17)
2011 FK Dečić 11 (1)
2011—2012 Újpest FC 24 (1)
2013 FK Lovćen 14 (2)
2013—2015 Mogren 43 (7)
2015 Mladost Velika Obarska 12 (4)
2015—2016 Zeta 31 (0)
2016—2017 Željezničar Sarajevo 24 (3)
2018 Dečić 11 (1)
2019 Melaka United 10 (2)
2019–2020 → Kuala Lumpur (loan) 8 (1)
2020 Erbil 5 (1)
2020−2021 Mornar 10 (0)
2021−2022 Arsenal Tivat 14 (2)
2022− OFK Titograd 15 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Darko Marković (talaffuzi: Darko Markovich; 1987-yil 15-may, Podgoritsa) — yugoslaviyalik futbolchi. 2008-yilda Paxtakor futbol klubiga 1 million dollar evaziga oʻtgan. Osiyo Chempionlar Ligasini uchta turnirida oʻynagan va jamoaga 2009-yilda chorak finalga chiqishiga yordam bergan. Xuddi shu yili nufuzli jahon futbol veb-sayti tomonidan Osiyo Chempionlar Ligasi Goal.com saytidagi 'Best elevenʼ reytingidan joy olgan.

Klubdagi martaba

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osiyo Chempionlar Ligasining uchta oʻyinida Paxtakor jamoasi sharafini himoya qilgan[1] va klubga 2009-yilgi mavsumning chorak finaliga chiqishiga yordam bergan[2].

2009-yilda „Goal.com“ sayti uni Osiyo chempionlar ligasining eng yaxshi oʻn bitta oʻyinchisidan biri sifatida belgiladi[3].

Shuningdek, oʻsha yili Rossiyaning „Sports.ru“ veb-sayti uni rossiyalik va ukrainalik futbolchilardan tashqari sobiq SSSRning eng yaxshi besh oʻyinchisidan biri sifatida qayd etdi[4].

2010-yilda „The-Afc.com“ sayti uni „Paxtakor“ jamoasining asosiy oʻyinchisi sifatida belgilagan[5].

2016-yilda „sports.uz“ internet nashri uni Oʻzbekiston futboli tarixidagi eng yaxshi 10 ta transfer roʻyxatiga kiritib, Luizao va Rivaldodan keyin uchinchi oʻrinni egallagan[6].

  1. ↑ „Asian Club Competitions 2008“. RSSSF. Qaraldi: 2009-yil 1-may.
  2. ↑ „Дарко Маркович: "Играли уверенно"“ (Uzbek). uff.uz (2010-yil 3-yanvar). 2011-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. ↑ „Asian Champions League: Team Of The Group Stage“. Goal.com. Qaraldi: 2021-yil 3-dekabr.
  4. ↑ „Великолепная пятерка“. Sports.ru (2009-yil 4-fevral).
  5. ↑ „The AFC“. The-afc.com.
  6. ↑ „O'zbekiston klublarining transfer rekordlari TOP-10 - SPORTS.uz“. 2016-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-sentyabr.