Dargʻinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

DargʻinlarDogʻiston Respublikasida yashaydigan xalq. Umumiy soni 280,4 ming (1990-yillar oʻrtalari). Dargʻin tilida gaplashadi. Hozir dargʻinlar oʻz tarkibiga kaytag va kubachi etnografik guruhlarini singdirib bormoqda. Dargʻinlar oʻzlarini dargan, kaytaglar — xaydak, kubachilar — urbuchan deb ataydilar. Dargʻinlar haqidagi dastlabki yozma maʼlumotlar 9-asr arab mualliflarining asarlarida uchraydi. Dargʻinlar togʻli tumanlarda chorvachilik, togʻ oldi mintaqalarida bogʻ-dorchilik bilan shugʻullanadi. Hunarmandchilik (asosan miskarlik) taraqqiy qilgan. Dindorlari islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladilar.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil