Kontent qismiga oʻtish

Dard tillari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dard tillari - tillar guruhi. Afgʻoniston, Pokiston va Hindistonning tutash hududlarida tarqalgan. Dard tillari hind-eron tillari tarkibiga kiradi, hind va fors tillariga nisbatan oraliq tillar hisoblanadi. Uchta kichik guruhga ajraladi. Ular orasida keng maʼlum boʻlganlari — kashmiri, shina, koʻhiston tillar guruhi (sharq, kichik guruh); kxovar, kalasha, poshshoyi, tiraxi, gavar, votipuri va boshqa (markaziy kichik guruh); ashkur, prasun, vaygali, kati, dameli (gʻarbiy kichik guruh, koʻpincha kofiriy deb yuritiladi). Fonetikasida konsonantlik ustun. Nafas chiqarish bilan talaffuz etiladigan (gʻarbiy kichik guruhdagi 4 til bundan mustasno), dimogʻda talaffuz etiladigan va baʼzilarida yumshoq talaffuz etiladigan undosh tovushlar mavjud. Yozuvi faqat kashmiri alifbosi asosida.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil