Daniya — Misr munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Daniya — Misr munosabatlari

Daniya

Misr

Daniya — Misr munosabatlari Daniya va Misr oʻrtasidagi tashqi iqtisodiy savdo aloqalar hisoblanadi. Daniya elchixonasi Qohirada joylashgan[1], Suvaysh, Port Said va Qohirada konsulliklar ham bor[2]. Misrning Kopengagenda elchixonasi mavjud. Ikkala davlat ham Oʻrta yer dengizi ittifoqiga aʼzo hisoblanadi.

2006-yilda Daniyaning Jyllands-Posten gazetasida Muhammad paygʻambar karikaturalari boʻyicha bahs Daniya va Misr oʻrtasida diplomatik inqirozni keltirib chiqardi[3].

2008-yilda Per Stig Moellerning Prezident Husni Muborakga tashrifidan so‘ng Muborak ikki tomonlama munosabatlarni yaxshi va samarali deb taʼriflab, iqtisodiy hamkorlik sohasida yanada kengaytirishni qo‘llab-quvvatladi.

Siyosiy munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Misr tashqi ishlar vaziri Abul Geyt Daniya Bosh vaziri va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga bir necha maktub yoʻllab, misrliklar Bosh vazirning „Jyllands-Posten“ ni javobgarlikka tortishini istamasligini taʼkidlad. Misr hukumati Yaqin Sharqdagi muammoni hal qilishda yetakchi rol oʻynadi[4].

Misrning „Al-Fagr“ gazetasi karikaturalarning bir qismini qayta nashr etib, ularni „doimiy haqorat“ va „irqchi bomba“ deb nomladi va ular musulmon diniga eʼtiqod qiluvchi odamlarga kufr keltirishlarini, daniyadagi ozchilik musulmonlarni kamsitishni maqsad qilganliklarini yoki Gʻarb imperializmi tarixidan bexabarlikning koʻrinishi ekanligini daʼvo qilganlar[5].

Rivojlanishda yordam[tahrir | manbasini tahrirlash]

1989-yildan 2008-yilgacha Daniya Misrda investitsiya dasturiga ega edi. Misr loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun 6 milliard dollar ajratilgan, Ayn Suxna yaqinidagi Zafarana shamol stansiyasi uchun katta sarmoyta ajratgan[6].

Yuqori darajadagi tashriflar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil oktyabr oyida Per Stig Meller Husni Muborakga tashrif buyurdi. Javob tashrifi 2009-yil 17-dekabrda boʻlib oʻtdi[7]. 2007-yilda Misr taʼlim qoʻmitasi[8] delegatsiyasi Daniyaga tashrif buyurdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Danish embassy in Cairo“. 2011-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-yanvar.
  2. „Danish representatives in Egypt“. 2010-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-yanvar.
  3. Egypt discontinues dialogue with Denmark on human rights[sayt ishlamaydi]
  4. „Egypten stod bag profetkampagne“ (da). Politiken (2006-yil 17-fevral). 2011-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-fevral.
  5. „Danes Blame Imams for Satire Escalation, Survey Says (Update1)“. Bloomberg (2005-yil 10-fevral). 2009-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-fevral.
  6. „Danish facts about Egypt“. 2008-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-yanvar.
  7. „Bilateral relations between Denmark and Egypt“. 2010-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-fevral.
  8. „Egyptian European relations“. 2008-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]