Danielle Bisutti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Danielle Bisutti
Tavalludi
Danielle Nicole Bisutti

1-oktyabr 1976-yil (1976-10-01) (47 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa, Qoʻshiqlar muallifi, Yozuvchi, Produser
Faoliyat yillari 2000-hozirgacha

Danielle Nicole Bisutti (talaffuzi: Daniyelli Nikol Bisutti; 1976-yil 1-oktyabrda tugʻilgan)[1] — amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi. U Nickelodeonda efirga uzatilgan teleserial — True Jackson, VPdagi Amanda Cantwel roli, 2018-yilgi God of War videooʻyinidagi Skandinaviya maʼbudasi Freya va uning 2022-yildagi davomi hisoblangan God of War Ragnarök dagi rollari bilan omma nazariga tushgan ekran va dublyaj aktrisadir[2].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bisutti Los Angeles (Kaliforniya)da tugʻilib oʻsgan. U Diana (qizlik familyasi: Ferrare) va Richard Bisuttilarning qizidir. Uning otasi 20 yil davomida kino va televidenieda dekorator sifatida faoliyat olib borgan. Uning xolasi model Cristina Ferraredir. Bisutti italyan millatiga mansub[3].

Oʻrta maktabda u koʻngilochar biznesga boʻlgan sadoqatini amalga oshirish uchun bir nechta imkoniyatlarni oʻrganadi. U teatr, xor, raqs, notiqlik va bahs-munozaralar, shuningdek, sport faoliyati bilan shugʻullangan.

Aktyorlik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Los Angelesda tugʻilib oʻsgan Bisutti California shtatining Fullerton universitetida tahsil olgan hamda u yerda aktyorlik va musiqali teatr boʻyicha bakalavr darajasini olgan. CSUFda qatnashayotganda u IIrene Ryan tanlovida eng yaxshi aktrisa uchun bir necha bor nomzod boʻlgan va New York shahridagi Lincoln Center teatrida ikkinchi oʻrinni egallagan. Michael Butler Bisuttini Californiadagi „Hair“ spektaklidagi Sheila rolida payqab qoladi va aktyorlarni Chicagoga Demokratik partiyaning milliy konvensiyasida qatnashish uchun olib keladi. Konvensiya „Yangi Athenaeum“ teatrida besh hafta davom etadi.

2018-yilda Bisutti God of War videooʻyinida, keyinchalik, urush maʼbudasi ekanligi maʼlum boʻlgan oʻrmon jodugari Freya uchun dublyajda ovoz beradi[4]. U oʻz ishi uchun maqtovga sazovor boʻladi va 15-Britaniya Akademiyasi mukofotlari taqdirlash marosimida[5] videooʻyindagi eng yaxshi ijro uchun BAFTA mukofotiga nomzod boʻladi. Lekin uning hamkasbi Jeremy Daviesga imkoniyatni boy beradi[6].

Qoʻshiqchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab u yozgan „Venice Underground“, „April Moon“ hamda In the Presence of kabi qoʻshiqlari mustaqil badiiy filmlarda ishlatilgan. 2003-yilgi Los Angeles musiqa mukofotlarida[7][8] u „Eng yaxshi ayol qoʻshiqchi/qoʻshi muallifi“ mukofotini qoʻlga kiritadi. Shuningdek, ushbu marosimda uning Glimmer qoʻshigʻi "Yilning AAA albomi" nominatsiyasiga nomzod boʻladi. Shuningdek, „In Passing“ nomli taronasi „Yilning mustaqil AC singli“ uchun bir ovozdan mukofotga sazovor boʻladi. 2004-yil sentabr oyida Bisutti Temecula vodiysi xalqaro kino va musiqa festivalida chiqish qiladi. U yerda In Passing taronasi TVIFFning "Eng yaxshi musiqa sanʼatkori kompilyatsiya diski" uchun tanlangan va Music Connection jurnali Bisuttini 2004-yilgi „Eng qaynoq sanʼatkorlar 100taligi“ tarkibiga kiritgan[9].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2001 Automatic Morgan Black
Survivor: Los Angeles the Ultimate Parody Taylor Qisqa metrajli film
2004 Tropix Corrine Findlay
Seeing Iris Iris Jones Qisqa metrajli film
2005 Venice Underground Wexler’s Secretary
Downsizing Beatrix Schnabel Qisqa metrajli film
2007 Neighbor, TheThe Neighbor Floria Riamondi
2008 Three Minutes in Heaven Joy Qisqa metrajli film
Get Smart Airline Passenger
Caretaker, TheThe Caretaker Jessica Qisqa metrajli film
2009 No Greater Love Heather Stroud
2013 Curse of Chucky Barb Pierce
Back in the Day Annette Taylor
Insidious: Chapter 2 Michelle Crane

Televizion rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2000 Strip Mall Epizod: „Pilot“
2001 Dharma & Greg Joy Epizod: „Dharma Does Dallas“
2003 Miss Match Missy Epizod: „Miss Communication“
Platonically Incorrect Waitress TV Film
Andy Richter Controls the Universe Office Lady Epizodlar: „Final Fantasy“, „Duh Dog“
Less than Perfect Sales Lady Epizod: „High Maintenance“
Charlie Lawrence Denise Epizod: „If Itʼs Not One Thing Itʼs Your Mother“
Charmed The Lady of the Lake Epizod: „Sword and the City“
2004 Boston Legal Roberta Sloane Epizod: „Truth Be Told“
2004-05 O.C., TheThe O.C. Joan (5ta epizod)
2006 Twenty Good Years Courtney Epizod: „Johnʼs Old Lady“
Courting Alex Veronica Epizod: „The Fix-Up“
Two and a Half Men Vicki Epizod: „Corey’s Been Dead for an Hour“
2007 Shark Francis Chambers Epizod: „Blind Trust“
Cold Case Mrs. Valentine (1953) Epizod: „Devil Music“
2007-08 Without a Trace Terri Long Epizodlar: „The Beginning“, „4G“, „Deja Vu“
2008 Wizards of Waverly Place Mona Lisa Epizod: „Art Museum Piece“
Raising the Bar Emma Troutman Epizod: „Shop Till You Drop“
2008-11 True Jackson, VP Amanda Cantwell 56ta epizod
2009 Raising the Bar Emma Troutman Epizodlar: „Hair Apparent“, „Trout Fishing“
2010 Bones Marlowe Becker Epizod: „The Mastodon in the Room“
2011 Hollywood Girl Pascha Maneer Epizodlar: „Code Red Carpet“, „Limp of Shame“
Body of Proof Vicki Hemington Epizod: „Love Thy Neighbor“
Private Practice Lynn Epizod: „Deal with It“
CSI: Miami Gabrielle Wade Epizod: „Dead Ringer“
2011-12 Parks and Recreation Prof. Linda Lonegan 2ta epizod:

„Smallest Park“

„Lucky“
2012 90210 Connie Epizod: „No Good Deed“
Hot in Cleveland Verena Epizod: „I’m with the Band“
Last Man Standing Michelle Epizodlar: „Odd Couple Out“, „Adrenaline“
CSI: Miami Gabrielle Wade Epizodlar: „Rest in Pieces“, „Law & Disorder“
Castle Claire Panchard Episode: „The Limey“
Leverage Wendy Baran Epizod: „The Gimme a K Street Job“
Criminal Minds Debra Acklin Epizod: „Through the Looking Glass“
NCIS SSSA Ashley Winter Epizod: „You Better Watch Out“
2013 CSI: Crime Scene Investigation Theresa Shea Epizod: „Dead Air“
Grey's Anatomy Liz Langer Epizod: „Hard Bargain“
Anger Management Kristy Epizod: „Charlie Dates a Teacher“
2015 I Didnʼt Do It Mrs. Clegg Maxsus mehmon roli
NCIS: Los Angeles Atty. Sarah Taylor Epizod: „Blame It On Rio“
2016 Dr. Ken Denise Epizod: „Ken at the Concert“
2018 Nanny Killer Ms. Grey TV Film
2019-21 Dwight in Shining Armor Witch Hexela

Videooʻyinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2018 God of War The Witch of the Woods / Freya Nominatsiya — BAFTA Award for Performer
2022 God of War Ragnarök

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]