Daniel Colindres

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Daniel Colindres
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Daniel Colindres Solera
Tavallud sanasi 10-yanvar 1985-yil (1985-01-10) (39 yosh)
Tavallud joyi Alajuela, Kosta-Rika
Boʻyi 1.80 m[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dhaka Abahani
Raqami 12
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Deportivo Saprissa
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2018 Saprissa 244 (61)
2010—2012Guápiles (Ijara) 43 (9)
2013—2014Puntarenas (Ijara) 20 (7)
2018—2020 Bashundhara Kings 29 (19)
2021 Saprissa 37 (9)
2021- Dhaka Abahani 15 (6)
Milliy terma jamoa
2011- Kosta-Rika 17 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 12-may uchun)

Daniel Colindres Solera (talaffuzi: Daniel Kolindres) (1985-yil 10-yanvarda tugʻilgan) — Kosta-Rikalik professional futbolchi, hozirda Bangladesh Premer-ligasida "Dakka Abahani" klubi hujumchisi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Colindres dastlab Saprissada klubining yoshlar safidan oʻynab keyinchalik, 2010-yilda asosiy jamoada debyut qilgan. Saprissa uchun uchta oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, u Guápilesga ijaraga berilgan. Guapiles bilan 43 oʻyinda maydonga tushib, 9 gol urgan. 2012-yilda u Saprissaga qaytgan va 32 ta oʻyinda maydonga tushib, klubdagi ikkinchi mavsumida 5 ta gol urgan. U yana 2013-yilning yanvarida Puntarenasga olti oyga ijaraga berilgan. Puntarenas bilan 20 uchrashuvda 7 ta gol urgan. Saprissaga qaytib kelgach, Kolindres klub uchun muhim hujumkor oʻyinchiga aylangan, u asosan qanot hujumchisi sifatida oʻynagan va tezligi hamda oʻyinni yaratish qobiliyati bilan ajralib turgan. Klubdagi faoliyati davomida u Saprissaga 5 marta mamlakat chempionligini qoʻlga kiritishda yordam bergan.

2018-yil 13-sentyabrda Colindres oʻz faoliyatida ilk bor xorijga koʻchib oʻtgan va Bangladeshning "Bashundhara Kings" klubiga toʻqqiz oylik shartnoma asosida qoʻshilgan hamda Bangladeshda oʻynagan Kosta-Rika termasining birinchi futbolchisigaga aylangan[2].

2021-yil 25-sentyabrda Colindres rasman Bangladesh Premer-ligasiga qaytgan, bu safar Dakka Abahani jamoasiga qoʻshilgan[3][4].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Colindres Kosta-Rika terma jamoasi safida 2011-yilning sentyabrida AQShga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.

2018-yilning may oyida u Kosta-Rikaning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritilgan[5].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kosta-Rika
Yil Oʻyinlar Gollar
2011 2 0
2012 1 0
2013 0 0
2014 0 0
2015 3 0
2016 1 0
2017 3 0
2018 7 0
Jami 17 0

Yutuqari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saprissa
  • Liga FPD : Clausura 2010, Clausura 2014, Apertura 2014, Apertura 2015, Apertura 2016, Clausura 2018, Clausura 2021
  • Kosta-Rika kubogi : 2013-yil
Bashundhara Kings
  • Bangladesh Premer-ligasi : 2018—2019
  • Mustaqillik kubogi : 2019
  • Bangladesh Federatsiyasi kubogi : 2020
Dakka Abahani
  • Mustaqillik kubogi : 2021—2022
  • Federatsiya kubogi : 2021—2022

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Colindresning otasi Santyago Colindres Gonduraslik boʻlib, Kosta-Rikada yashagan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2018-yil 4-iyun). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-iyun.
  2. „Bashundhara Kings bring in striker who played Russia World Cup“. The Daily Star (13-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2018-yil.
  3. „Colindres joins Abahani“ (21-noyabr 2021-yil).
  4. „Abahani buckle up to dethrone Kings“ (26-noyabr 2021-yil).
  5. „Costa Rica national team World Cup squad: Oscar Ramirez names 23-man roster featuring Keylor Navas, six MLS players - Goal.com“. goal.com. Qaraldi: 12-noyabr 2018-yil.
  6. He is a member of The Light of the World Church.