Kontent qismiga oʻtish

Dangʻara tumani (Tojikiston)

Koordinatalari: 38°05′54″N 69°20′48″E / 38.09833°N 69.34667°E / 38.09833; 69.34667
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻzbekistondagi Dangʻara tumani bilan adashtirib yuborilmasin.
Dangʻara tumani
tojikcha: Ноҳияи Данғара
Tuman
Tegishli Xatlon viloyati
Tarkibida 1 shaharcha, 8 jamoat
Maʼmuriy markazi Dangʻara
Asos solingan sanasi 1932-yil 8-iyul
Hukumat raisi Sijouddin Salomzoda
Rasmiy tillar Tojik tili
Aholi (2022) 171 900 kishi[1]
Zichligi 85 kishi./km²
Millatlar tarkibi tojiklar
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 2009,8 km²
Vaqt mintaqasi UTC +5:00
Telefon kodi +992 3312
Pochta indeksi 735140
Internet domeni .tj
Avtomobil raqami kodi 03РТ
Xaritada
Dangʻara tumani xaritada
38°05′54″N 69°20′48″E / 38.09833°N 69.34667°E / 38.09833; 69.34667

Dangʻara tumani (tojikcha: Ноҳияи Данғара) – Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyatidagi tuman.

1932-yil 8-iyulda Tojikiston SSR Koʻlob viloyati tarkibida tashkil etilgan. Hududi 2009,8 km².

Dangʻara tumani Vaxsh daryosi vodiysida joylashgan. Shimolda Xatlon viloyatining Norak tumani, sharqda Temurmalik va Vose tumanlari, gʻarbda Yovon va Abdurahmon Jomiy tumanlari, janubda Farxor va Levakand tumanlari bilan chegaradosh.

Dushanbe-Koʻlob avtomagistrali tuman markazi, Dushanbedan 116 km janubi-sharqda va temir yoʻl stansiyasidan 2 km uzoqlikda joylashgan Dangʻara shaharchasidan oʻtadi. Aholi asosan qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi.

1958-yil 6-iyunda tugatilgan Xovaling tumanining bir qismi Dangʻara tumaniga qoʻshilgan[2].

2015-yil 1-yanvar holatiga koʻra, aholisi 136 100 kishi, shundan shahar aholisi 18,4% yoki 25 000 kishi[3].

Aholining oʻsishi
YilAholi±% y.oʻ.s.
1939[4]18 858—    
2003[5] 104 300—    
2004[5]108 200—    
2005[5]111 000+2.59%
2006[5]113 000+1.80%
2007[5]115 400+2.12%
2008[5]117 900+2.17%
2009[5]120 700+2.37%
2019[6]156 400+2.62%
2020[7]161 000+2.94%
2021[1]166 900+3.66%
2022[1]171 900—    

Maʼmuriy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dangʻara tumani 1 shaharcha va 8 jamoatdan iborat[8]:

Dangʻara tumanining maʼmuriy boʻlinishi
Jamoat Aholisi
Dangʻara, shaharcha 25000
Safobaxsh 20119
Pushing 13293
Korez 15027
Sangtoʻda 12686
Sebiston 12736
Ismat Sharif 20452
Lolazor 18285
Lohur 6648

Dangʻara tumani rahbari Tojikiston Prezidenti tomonidan tayinlanadigan Hukumat raisi hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi organi xalq tomonidan besh yillik muddatga saylanadigan Xalq deputatlari Majlisidir.

Qiziqarli faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 29-iyulda Tojikistondagi birinchi IShID terrorchilik hujumi Dangʻara tumanida boʻlgan. Toʻrt nafar xalqaro sayyoh pichoq jarohatlaridan halok boʻlgan, yana ikkitasi yaralangan[9]. Ikki hujumchi oʻldirilgan va yana toʻrt nafari huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan hibsga olingan[10].

Hukumat raislari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Sijouddin Salomzoda (2024-yil yanvardan beri)[11]
  • Rahmon Islomiddin (2024-yil yanvargacha)[12]
  • Gul Sherali (1994-2001)
  1. 1,0 1,1 1,2 „Численность населения Республики Таджикистан на 1 января 2022 года“. 2022-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-yanvar.
  2. Ведомости Верховного Совета СССР. № 13 (908), 1958 г.
  3. „Численность населения Республики Таджикистан на 1 января 2015 года. Сообщение Агентства по статистике при Президенте Республики Таджикистан.“ (ru). www.stat.tj. 2015-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-iyul.
  4. „Демоскоп Weekly - Приложение. Всесоюзная перепись населения 1939 года“. www.demoscope.ru. 2023-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-mart.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 „Агентство по статистике при Президенте Республики Таджикистан. Регионы Республики Таджикистан. 2010“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-may.
  6. „Численность населения Республики Таджикистан на 1 января 2019 года“. Численность населения Республики Таджикистан на 1 января 2019 года.
  7. „Population of the Republic of Tajikistan as of 1 January 2020“ (ru). Statistics office of Tajikistan. 2021-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
  8. „List of Jamoats“. UN Coordination, Tajikistan. 2012-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-may.
  9. „Пострадавшие от атаки боевиков в Таджикистане доставлены в Душанбе“ (ru). regnum.ru. 2018-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.
  10. „Ответственность за убийство туристов в Таджикистане взяло на себя ИГ*“ (ru). regnum.ru. 2018-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.
  11. „Эмомали Рахмон назначил новое руководство в городах и районах Хатлона | Новости Таджикистана ASIA-Plus“. www.asiaplustj.info. 2024-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-fevral.
  12. [asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/power/20240130/zamestitel-rustama-emomali-stal-predsedatelem-dangari „Заместитель Рустама Эмомали стал председателем Дангары“] (ruscha). Asia-Plus (2024-yil 30-yanvar). Qaraldi: 27-oktabr 2025-yil.