Damián Suárez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Damián Suárez
Suárez with Uruguay in 2022
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Damián Nicolás Suárez Suárez[1]
Tavallud sanasi 27-aprel 1988-yil (1988-04-27) (35 yosh)[1]
Tavallud joyi Montevideo, Urugvay[1]
Boʻyi 1.72m[1]
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Getafe
Raqami 22
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2007 Defensor

Damián Nicolás Suárez (talaffuzi: Damian Nikolas Suares; 1988-yil 27-aprelda Montevideoda tugʻilgan) — urugvaylik futbolchi, „Getafe“ futbol klubi va Urugvay terma jamoasi himoyachisi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suárez „Defensor Sporting“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2007-yilda Urugvay premyer ligasida debyut qilgan. 2008-yilda Suárez Urugvay chempioniga aylangan. 2010-yilning 13-fevralida „Central Espanyol“ futbol klubiga qarshi bahsda Damián Nicolás „Defensor Sporting“ futbol klubi safida ilk golini urgan[2]. 2011-yilning yozida Suárez „Sporting Gijón“ futbol klubiga oʻtgan. Transfer summasi 500 ming yevroni tashkil etgan. „Atlético Osasuna“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u La Ligada debyut qilgan.

2015-yilning yozida „Elche“ futbol klubi bilan shartnoma muddati tugagach, Suárez „Getafe“ futbol klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolagan. 22-avgust kuni „Espanyol“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoa safida debyut qilgan[3]. Mavsum oxirida klub Seugndaga tushib ketgan, biroq Suárez jamoada qolgan va bir yildan keyin uning elitaga qaytishiga yordam bergan. 2018-yilning 15-aprelida „Espanyol“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Damián Nicolás „Getafe“ futbol klubi safida ilk golini urgan[4].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yilda Suárez Urugvay yoshlar terma jamoasi safida Peruda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. 2007-yilda Urugvay yoshlar terma jamoasi tarkibida Damián Nicolás Kanadada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.

U 33 yoshida terma jamoaning asosiy tarkibidagi debyutini 2022-yilning 27-yanvarida Paragvayga qarshi JCh-2022 saralash oʻyinida oʻtkazgan. Urugvay mehmonda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan[5].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro turnir Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Defensor 2007—2008[6] 15 0 0 0 15 0
2008—2009[6] 5 0 4 0 9 0
2009—2010[7] 24 1 2 0 26 1
2010—2011[7] 23 1 6 0 1 0 31 1
Jami 67 2 0 0 12 0 1 0 80 2
Sporting Gijón 2011—2012[7] 19 0 1 0 20 0
Elche 2012—2013[7] 33 1 0 0 33 1
2013—2014[7] 31 1 1 0 32 1
2014—2015[7] 34 1 3 0 37 1
Jami 98 3 4 0 0 0 0 0 102 3
Getafe 2015—2016[7] 31 0 2 0 33 0
2016—2017[7] 37 0 1 0 4 0 42 0
2017—2018[7] 33 1 0 0 33 1
2018—2019[7] 36 0 6 0 42 0
2019—2020[7] 30 1 0 0 4 0 34 1
2020—2021[7] 31 1 0 0 31 1
Jami 198 3 9 0 4 0 4 0 215 3
Umumiy faoliyatida 363 8 14 0 16 0 5 0 417 8

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Damián Suárez WorldFootball.net saytida
  2. „Дефенсор Спортинг VS. Сентраль Эспаньол 3:4“ (en). soccerway.com (2010-yil 13-fevral).
  3. „Эспаньол VS. Хетафе 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 22-avgust). 2016-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-oktyabr.
  4. „Хетафе VS. Эспаньол 1:0“ (en). soccerway.com (2018-yil 15-aprel).
  5. „Paraguay vs. Uruguay - 28 January 2022“ (en). soccerway.com (2022-yil 28-yanvar). 2022-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
  6. 6,0 6,1 Andoza:Footballdatabase
  7. 7,00 7,01 7,02 7,03 7,04 7,05 7,06 7,07 7,08 7,09 7,10 7,11 Damián Suárez Soccerway saytida