Damashq qamali (634)
| Damashq qamali (634) | |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Musulmonlarning Levantga bosqini va Arab–Vizantiya urushlarining bir qismi | |||||||||
| |||||||||
| Qoʻmondonlar | |||||||||
| Roshidun xalifaligi | Vizantiya imperiyasi | ||||||||
| Kuchlar | |||||||||
| 20,000 | 15,000–16,000[1] | ||||||||
Damashq qamali 634-yil 21-avgustdan 19-sentyabrgacha[2] davom etgan. Qamaldan keyin shahar Roshidun xalifaligi qoʻliga oʻtgan. Damashq musulmonlarning Suriyaga istilosi davomida Sharqiy Rim imperiyasining birinchi yirik shahri sifatida zabt etilgan.
Soʻnggi Rim-Fors urushlari 628-yilda oʻz yakuniga yetdi. Vizantiya imperatori Herakleios Mesopotamiyada forslar ustidan muvaffaqiyatli yurishni amalga oshirdi. Shu bilan birga oʻsha vaqtda paygʻambar Muhammad ham arablarni islom bayrogʻi ostida birlashtirdi. 632-yilda paygʻambar Muhammad vafot etgach, Abu Bakr uning oʻrniga birinchi Roshidun xalifasi etib saylandi. Bir qancha ichki qoʻzgʻolonlarni bostirganidan soʻng Abu Bakr xalifalikni Arabiston yarim orolining chegaralaridan tashqariga ham kengaytirishga harakat qildi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Akram 2004, s. 290.
- ↑ Pierkins 2017.
- ↑ Akram 2004, s. 188.