Daltonidlar va BERTOLLIDlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Daltonidlar va BERTOLLIDlar — oʻzgarmas tarkibli kimyoviy birikmalar (daltonidlar) bilan oʻzgaruvchan tarkibli kimyoviy birikmalar (bertollidlar)ni ifodalash uchun 1912— 14 y.larda N.S. Kurnakov kiritgan terminlar. "Daltonidlar" termini J. Dalton xotirasi uchun, "bertollidlar" termini esa K.L. Bertolle xotirasi uchun taklif etilgan. Odatdagi kimyoviy birikmalarning koʻpchiligi daltonidlardir; ularning tarkibi tarkib doimiyligi qonuniga va karrali nisbatlar qonuniga javob beradi. Metall tizimlarda, shuningdek, oksidlar, sulfidlar, karbidlar, gidridlar va b. oʻrtasida bertollidlar hosil boʻlish hodisalari kashf etilgan (qarang Metallidlar, Fizikkimyoviy analiz).

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil