Kontent qismiga oʻtish

Dailymotion

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dailymotion

2023-yildan beri ishlatilayotgan logo
Joriy holati Aktiv
Tijoratmi Ha
Sayt turi Onlayn videohosting
Roʻyxatdan oʻtish

Ixtiyoriy;

Kontent joylashtirish va yuklash uchun roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.
Qaysi tillarda 183ta tilda mavjud
Muassisi Vivendi
Muallifi
  • Benjamin Bejbaum
  • Olivier Poitrey
Prezident Maxime Saada
Bosh ijrochi direktor Maxime Saada
Ochilgan sanasi 15-mart, 2005-yil (20 yil avval) (2005-03-15)
Ishchilar soni 450[1]
Mamlakat Fransiya bayrogʻi Fransiya
URL dailymotion.com

Dailymotion – Vivendi kompaniyasiga tegishli fransuz onlayn videohosting platformasi. Dailymotion Alexa Internet maʼlumotlari 2017-yil holatiga koʻra dunyodagi eng koʻp tashrif buyurilgan veb-saytlar roʻyxatida 114-oʻrinni egallaydi. Saytga tashrif buyuruvchilarning katta qismi Yaponiya va AQSH hissasiga toʻgʻri keladi. Dailymotion HD (720p) oʻlchamni qoʻllab quvvatlaydigan ilk saytlardan biridir.

Benjamin Bejbaum va Olivier Poitrey 2005-yil mart oyida Poitrening Parijdagi kvartirasida Dailymotion veb-saytini ochishgan. Ushbu saytni ishga tushirish uchun 6 kishi 6000 yevro miqdorida sarmoya kiritadi.

Dailymotion 2006-yil sentyabr oyida Atlas Ventures va Partech International bilan hamkorlikda 7 million yevro mablagʻ toʻplashgan va bu 2006-yilda fransuz Web 2.0 da toʻplangan eng koʻp mablagʻ hisoblangan. Dailymotion 2008-yil fevralidan beri 720p yuqori aniqlikdagi video formatini qoʻllab-quvvatlaydi va bu uni eng birinchi HD video platformalaridan biriga aylantiradi. 2009-yil oktyabr oyida Fransiya hukumati Dailymotion kompaniyasiga Strategik investitsiya fondi orqali sarmoya kiritgan. 2011-yilning 25-yanvarida Orange Dailymotionʼning 49% ulushini 62 million yevroga sotib olgan va kompaniyani 120 million yevroga baholagan.

  1. Smith, Craig „Dailymotion Statistics and User Count (2023)“. DMR. Qaraldi: 2024-yil 6-yanvar.