Dagir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dagir (fors.) — abr naqshli yarim ipak gazlama. D. ikki tepkili qoʻl doʻkonda toʻqiladi. Tanda iplari abr-bandi usulida maydagullar bilan naqshlanadi, arqogʻiga qora ip qoʻshiladi. D.dan chopon va boshqa kiyimlar, koʻrpakoʻrpachalar tayyorlanadi. Turli joylarda turlicha — sholarqoq, olchinbar, poshshoyi va b. nomlar bilan ataladi. D. 20-asrning 60-y.larigacha Fargʻona vodiysida ishlab chiqarilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil