Dafna yaprogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Dafna Yaprogʻidan yoʻnaltirildi)

Dafna yaprogʻi — dafna daraxtining quritilgan bargi, xushboʻy hidli ziravor; Tarkibida 3% gacha efir moyi bor. Pazandachilikda ishlatiladigan D. ya. toʻq yashil, och yashil rangda, kalta bandli, mazasi taxirroq. Suyuq va quyuq ovqatlarga, shoʻrvalarga solinganda (suyuq ovqatlarga ovqat pishishidan 5 min. oldin, quyuq ovqatlarga 10 min. oldin) oʻziga xos taʼm va xushboʻylik beradi, sous va marinad va tuzlamalarga qoʻshiladi; gʻoz, oʻrdak, baliq goʻshtlari, shuningdek, uringan goʻshtlar hidini yoʻqotishda, konserva va qandolatchilik sanoatida ishlatiladi. Tuzlashda 100 kg karamga 3—4 dona yaproq ishlatiladi. Tibbiyotda jigar va taloq shishlarida foydasi katta, qulanj (ich qotishi)da ham isteʼmol qilinadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil