Oqsoʻxta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Dactylis glomeratadan yoʻnaltirildi)
Oqsoʻxta
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Binar nomi
Dactylis glomerata
L.

Oqsoʻxta (Dactylis glomerata L.) - boshoqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. O.ning boʻyi 100-150 sm. Poyasi koʻp, havol, serbarg. Ildiz oldi barglari juda koʻp, ingichka va uzun (100 sm gacha). Toʻpguli bir yonlama roʻvak, poyaning uchida. Ildizi sershox, uzun (100 sm gacha).

O. qor ostidayoq koʻkara boshlaydi, iyunda gullaydi, avgustda urugʻi pishadi va yer ustki qismi quriydi. Oʻzbekistonda togʻlarning shimoliy yon bagʻirlarida, ayniqsa, daraxt va butalar ostida koʻp usadi. O. eng yaxshi ozuqabop oʻsimliklardan biri; tarkibida 6,2— 24,3% protein bor. Mollarga koʻk holida beriladi, pichan tayyorlashda 19-asr boshlarida O. lalmikor va sugʻoriladigan yerlarga ekila boshlagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil