Curve
| „Curve“ | |
|---|---|
|
| |
| The Weeknd ishtirokidagi Gucci Mane promo-singli | |
| Mr. Davis albomidan | |
| Chiqarilgan sanasi | 2017-yil 13-sentyabr |
| Janr | trap |
| Davomiyligi | 2:41 |
| Leybl |
|
| Qoʻshiq muallif(lar)i |
|
| Prodyuser(lar) |
|
| Klipi | |
| „Curve“ YouTubeda | |
„Curve“ – amerikalik repper Gucci Mane tomonidan ijro etilgan va kanadalik qoʻshiqchi The Weeknd ishtirok etgan qoʻshiqdir. Prodyuser sifatida ham ishlagan Nav va FrostADX bilan birgalikda yozilgan bu qoʻshiq 2017-yil 13-sentabrda Gucci Manening oʻn birinchi studiyaviy albomi – Mr. Davis (2017) uchun promo-singl sifatida chiqarilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gucci Mane qoʻshiqni 2017-yil 13-sentabr kuni Beats 1 da oʻzining Mr. Davis albomi uchun promo-singli sifatida ilk bor taqdim etdi. U Zane Lowega shunday degan edi: „Men The Weeknd va butun XO jamoasining katta muxlisiman va ularga hurmatim baland. Biz [telefon] raqamlarimizni almashdik va oʻzaro aloqa oʻrnatishni boshladik. Biz bir-birimizga treklar yuborar edik: men ularga qoʻshiqlar, ular esa menga bitlar yuborardi. Keyin esa bir kuni u menga Nav tomonidan ishlab chiqarilgan shu trekni yubordi. Bu goʻyoki ertaroq berilgan tugʻilgan kun yoki Rojdestvo sovgʻasidek edi“[1].
Kompozitsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻshiq „gipnosik“ deb taʼriflangan boʻlib[2], u ijrochilarning „playboy“ uslubidagi (maishatga berilgan) hayot tarzlari haqida[3]. The Weeknd birinchi kuplet va naqarotni ijro etib, maftunkor ayollar va ular bilan qisqagina vaqt oʻtkazib, soʻng hech qanday achinishsiz tashlab ketish haqida kuylaydi[4]. Gucci Mane esa ikkinchi kupletda oʻzining katta obroʻsi bilan ayollarni oʻziga rom etishi haqida rep ijro etadi[2][4].
Musiqiy klipi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rasman musiqiy video 2017-yil 10-noyabrda taqdim etilgan[5]. Videoga David Helman rejissyorlik qilgan boʻlib[6], oq-qora rangda suratga olingan va unda Gucci Mane hamda The Weeknd qorongʻu tor koʻchada tasvirlanadi. Video davomida kameraning burchagi asta-sekin burilib, ijrochilarning qoʻshiq aytayotgan va raqsga tushayotgan koʻplab klonlarini koʻrish mumkin[5][7].
Chartlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Chart (2017) | Eng yuqori oʻrin |
|---|---|
| 67 | |
| 28 | |
| 93 | |
| 78 | |
| 40 |
Sertifikatsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Hudud | Sertifikatsiya | Sertifikatlangan birliklar/sotuvlar |
|---|---|---|
| Qoʻshma Shtatlar (RIAA) | Platina | 1,000,000 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ortiz, Edwin „Gucci Mane Links Up With the Weeknd for New Song "Curve"“. Complex (2017-yil 13-sentyabr).
- ↑ 2,0 2,1 Lamarre, Carl (September 13, 2017). „Listen to Gucci Mane & The Weeknd Kill Every Groupie's Dream on 'Curve'“. Billboard (ingliz (Amerika)).
- ↑ Fresh, Mikey „Gucci Mane Releases His Biggest Single To Date, "Curve" (Feat. The Weeknd)“ (en-US). Vibe (2017-yil 13-sentyabr).
- ↑ 4,0 4,1 Findlay, Mitch „Gucci Mane & The Weeknd Shine On "Curve"“ (en). HotNewHipHop (2017-yil 13-sentyabr).
- ↑ 5,0 5,1 Carley, Brennan „Gucci Mane and the Weeknd Own the Night in Their New "Curve" Video“ (en-US). GQ (2017-yil 10-noyabr).
- ↑ Rettig, James „Gucci Mane – "Curve" Video (Feat. The Weeknd)“ (en). Stereogum (2017-yil 10-noyabr).
- ↑ India, Lindsey „Gucci Mane and The Weeknd Release Trippy New Curve Video - XXL“ (en). XXL (2017-yil 10-noyabr).
- ↑ "Gucci Mane Chart History (Hot 100)". Billboard.
- ↑ "Gucci Mane Chart History (Hot R&B/Hip-Hop Songs)". Billboard.
- ↑ „ARIA Chart Watch #439“. auspOp (2017-yil 23-sentyabr). 2020-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
- ↑ "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company.
- ↑ "Gucci Mane Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard.