Cumalı Ordugâhı

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Cumalı Ordugâhı
Muallif(lar) Mustafa Kemal Atatürk
Mamlakat Usmonlilar imperiyasi
Til turkcha
Janr(lar)i tarix
Nashr etilgan sanasi 1909-yil
1995-yil
2009-yil[1]
Nashriyot Genelkurmay ATASE Daire Başkanlığı
Sahifalar soni 200

Cumalı Ordugâhı — Mustafa Kemal Atatürk tomonidan 1909-yili Usmonlilar imperiyasining Makedoniya hududida amalga oshirgan mashqlari kuzatuvi haqida yozgan eslatmalaridan tuzilgan kitob.

Kitob mavzusi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cumalı Ordugâhı bugungi Makedoniya davlatiga qarashli boʻlgan Köprülü va Shtip shaharlari orasida joylashgan askariy markaz hisoblanib, ushbu markazda 1909-yilda Usmonli qoʻshinlari qoʻmondonlaridan biri, 3-otliq diviziya qoʻmondoni, brigada generali Suphi Paşa qoʻmondonligida mashqlar oʻtkazilgan.

10 kun davom etgan ushbu askariy tatbiqotga Suphi Paşa tomonidan Kolağası (bugungi: kapitan lavozimi) Mustafa Kemal Atatürk taklif etilgan. Mustafa Kemal Paşa otliq, rota, polk va brigadaning mashg‘ulotlari va manevrlari davomida olgan kuzatishlarini, tayyorlangan mashq ssenariylarini va qo‘mondonlar tomonidan bildirilgan tanqidlarni yozib borgan va 39 sahifadan iborat, 7 ta eskiz qoʻshilgan kichik risolaga aylantirdi[2].

Nashr etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mustafa Kemal Paşa 1909-yil 12-sentabrda tomomlagan asarini mashgʻulotlar tugaganidan soʻng, Salonikiga qaytganida bosma harflar bilan nashr ettirdi va keyinchalik asarni oʻz safdoshlariga sovgʻa qildi.

Mustafa Kemal Atatürkning 1927-yilda nashr qildirgan Nutuk asarida mashgʻulotlardan keyin, poshoning qoʻl ostida boʻlishiga qaramasdan, oʻzini askarlar oldida tanqid qilganini, shuningdek Suphi Paşa Cumalı Ordugâhıda yozilganlardan ranjiganini, lekin keyinchalik oʻzaro doʻstliklarini davom ettirganliklarini ifoda etgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Arxivdan nusxa“. 2018-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Arxivdan nusxa“. 2018-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Arxivlangan nusxa“. 2018-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.