Mis sulfat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(CuSO4dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Mis sulfat, mis kuporosi, toʻtiyoyi, CuSO4 — tiniq kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 200°, zichligi 3,603 g/sm3. Kizdirilganda (650° atrofida) parchalanadi: CuSO4= CuO+SO2+’/2O2. Suvda yaxshi eriydi. Suvli eritmalaridan CuSO45H2O — mis kuporosi kristallanadi (rangi och koʻk), u 105° dan yuqori temperaturada ikki molekula suv yoʻqotib CuSO43H2O (zan-gori rang)ga, 150° da monogidrat CuSO4H2O ga aylanadi. 250° da butunlay suvsizlanadi. Tabiatda xalkantit CuSO45H2O minerali holida uchraydi. Mineral boʻyoklar tayyorlashda, qishloq xoʻjaligida zararkunandalarga va oʻsimlik kasalliklariga qarshi kurashishda, koʻnchilikda, galvanik elementlarda ishlatiladi. Mis (1)sulfat Cu2SO4 ham maʼlum. Och kulrang kristall, zichligi 3,605 g/sm3. 200" dan yuqorida CuO va CuSO4 gacha oksidlanadi. Suvli eritmada Si va CuSO4 ga parchalanadi. Kuchli qaytaruvchi; Cu2O bilan (CH3)2SO4hh oʻzaro taʼsir ettirib olinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil