Kontent qismiga oʻtish

Cristian Zaccardo

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Cristian Zaccardo
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Cristian Zaccardo[1]
Tavallud sanasi 21-dekabr 1981-yil (1981-12-21) (43 yosh)
Tavallud joyi Formigine, Italiya
Boʻyi 1.84 m (6 ft 12 in)
Ampluasi Himoyachi, Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1991—2000 Bologna
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2004 Bologna 79 (2)
2000—2001   Spezia 28 (0)
2004—2008 Palermo 142 (8)
2008—2009 VfL Wolfsburg 15 (1)
2009—2013 Parma 118 (10)
2013—2015 AC Milan 15 (1)
2015—2017 Carpi 27 (1)
2016—2017   Vicenza 24 (0)
2017 Vicenza 0 (0)
2017—2018 Ħamrun Spartans 15 (3)
2019 Tre Fiori 17 (1)
Total 480 (27)
Milliy terma jamoa
2002—2004 Italiya U21 21 (2)
2004—2007 Italiya[2] 17 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Cristian Zaccardo[3][4] (1981-yil 21-dekabrda tugʻilgan) – himoyachi lavozimida oʻynagan italiyalik sobiq futbolchi. Cristian asosan markaziy himoyachi sifatida maydonga tushgan, biroq maydonda qanot himoyachisi yoki yarim himoyachi vazifasini ham bajara olgan.

Zaccardo klubdagi faoliyatini 2000-yilda Italiyaning „Bolonya“ jamoasida boshlagan. „Spetsiya“ jamooasidagi qisqa ijara muddatidan tashqari, 2004-yilgacha shu jamoada qoldi. Soʻngra u „Palermo“ klubiga oʻtgan va u yerda toʻrt mavsumlik faoliyati davomida futbol olamida shuhrat qozongan. 2008-yilda bir mavsumga Germaniyaning „VfL Wolfsburg“ jamoasiga oʻtib, 2008-09-yilgi mavsumda Bundesliga gʻolibligini qoʻlga kiritgan. Keyingi mavsumda u Italiyaga qaytib, „Parma“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2013-yilda „Milan“ klubiga oʻtgan, 2015-yilda esa „Carpi“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2016-17-yilgi mavsumni B Seriyasi ishtirokchisi „Vicenza“ jamoasida ijara asosida oʻtkazgan. 2017-yil oktyabrida u Malta Premyer-ligasidagi „Hamrun Spartans“ jamoasiga qoʻshilgan. 2019-yil yanvarida San Marino klubi „Tre Fiori“ bilan shartnoma imzolagan va u yerda Titano kubogini qoʻlga kiritgan. 2019-yil iyul oyida esa futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.

Terma jamoadagi faoliyatida 2004-yildan 2007-yilgacha 17 marta Italiya milliy terma jamoasi safida toʻp surgan va bir gol urgan. Cristian 2006-yilgi FIFA Jahon chempionatida gʻolib boʻlgan Italiya terma jamoasi tarkibida oʻynagan.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2023-yil 7-sentyabr[5]
Klub Mavsum Liga Kubok[nb 1] Yevropa[nb 2] Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Bologna 2001–02 Serie A 19 1 2 0 0 0 21 1
2002–03 Serie A 32 1 2 0 6 1 40 2
2003–04 Serie A 28 0 2 0 0 0 30 0
Jami 79 2 6 0 6 1 91 3
Spezia (Ijara) 2000–01 Serie C 28 0 2 0 0 0 30 0
Jami 28 0 2 0 0 0 30 0
Palermo 2004–05 Serie A 35 2 2 0 0 0 37 2
2005–06 Serie A 36 0 4 0 4 0 44 0
2006–07 Serie A 36 5 1 0 5 1 42 6
2007–08 Serie A 35 1 2 0 1 0 38 1
Jami 142 8 9 0 10 1 161 9
Wolfsburg 2008–09 Bundesliga 14 1 3 0 5 1 22 2
2009–10 Bundesliga 1 0 0 0 0 0 1 0
Jami 15 1 3 0 5 1 23 2
Parma 2009–10 Serie A 34 5 0 0 0 0 34 5
2010–11 Serie A 34 3 2 0 0 0 36 3
2011–12 Serie A 35 1 2 0 0 0 37 1
2012–13 Serie A 15 1 1 0 0 0 16 1
Jami 118 10 5 0 0 0 123 10
Milan 2012–13 Serie A 1 0 0 0 0 0 1 0
2013–14 Serie A 11 0 1 0 1 0 13 0
2014–15 Serie A 3 1 0 0 0 0 3 1
Jami 15 1 1 1 0 0 17 1
Carpi 2015–16 Serie A 27 1 2 0 0 0 29 1
Vicenza 2016–17 Serie B 24 0 0 0 24 0
Ħamrun Spartans 2017–18 Maltese Premier League 15 3 0 0 15 3
Tre Fiori 2018–19 Campionato

Sammarinese di Calcio

17 1 3 1 20 2
Umumiy statistika 480 27 31 1 22 3 533 31
  1. Italiya kubogi, DFB-Ligapokal, DFB-Pokal, DFL-Superkubok va Superkubok oʻyinlari.
  2. UEFA Superkubogi, UEFA Intertoto kubogi, UEFA kubogi va UEFA Chempionlar ligasi oʻyinlari.

International

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Italiya[2]
Yil Oʻyinlar Gollar
2004 1 0
2005 9 1
2006 6 0
2007 1 0
Jami 17 1

International goal

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hisoblar va natijalar Italiyaning gol sonini birinchi oʻrinda koʻrsatadi[2],
Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2005-yil 8-oktyabr Stadio Renzo Barbera, Palermo, Italiya  Sloveniya 1–0 1–0 2006-yilgi Jahon chempionati saralashi
VfL Wolfsburg[6]
  • Bundesliga: 2008–09

Tre Fiori

  • Titano kubogi: 2018–19
Italiya U-21
  • UEFA 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2004
Italiya
  • FIFA Jahon chempionati: 2006

Davlat mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
CONI: Sport sohasidagi xizmatlari uchun oltin medal: Collare d’Oro al Merito Sportivo: 2006[7]
4-daraja / Ofitser: Italiya Respublikasi xizmatlari uchun orden (Ufficiale Ordine al Merito della Repubblica Italiana): 2006[8]
  1. „2006 FIFA World Cup Germany: List of Players: Italy“. FIFA (2014-yil 21-mart). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Zaccardo, Cristian: Convocazioni e presenze in campo“. figc.it. FIGC. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-mart.
  3. FIFA.com[sayt ishlamaydi]
  4. AscotSportal.com (Wayback Machine saytida 28 September 2007 sanasida arxivlangan)
  5. „Italy – C. Zaccardo“. soccerway.com. Qaraldi: 2012-yil 26-sentyabr.
  6. „C. Zaccardo“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 19-dekabr.
  7. „Coni: Consegna dei Collari d'Oro e dei Diplomi d'Onore. Premia il Presidente del Consiglio Romano Prodi. Diretta Tv su Rai 2“ (it). Coni.it. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (2006-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 23-dekabr.
  8. „Zaccardo Sig. Cristian - Ufficiale Ordine al Merito della Repubblica Italiana“ (it). quirinale.it. Qaraldi: 2013-yil 25-yanvar.