Coursera
Bu maqola ayni damda Bobonorova Hulkar (munozara) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 08:56, 28-yanvar 2026 (UTC) (40 kun avval) da tahrir qilingan. |
Coursera Inc – Amerika Qoʻshma Shtatlarining global miqyosdagi ommaviy ochiq onlayn taʼlim xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyadir. U 2012-yilda Stanford universiteti kompyuter fanlari professorlari Andrew Ng va Dafna Koller tomonidan yaratilgan[1][2][3]. Coursera turli sohalarda onlayn kurslar, sertifikatlar va diplom dasturlarini taqdim etish maqsadida universitetlar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik olib boradi. 2021-yil 2-fevralda Coursera B Lab tashkilotidan B korporatsiyasi sertifikatini olganini hamda oʻzining ijtimoiy foyda keltiruvchi korporatsiyaga aylanganini eʼlon qildi[4][5]
2023-yil holatiga koʻra, 300 dan ortiq universitet va kompaniyalar Coursera orqali kurslar taklif etayotgan edi. 2024-yilga kelib esa, platformadagi mavjud kurslar soni taxminan 7000 taga yetdi[6][7].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Coursera 2012-yilda Stanford universiteti kompyuter fanlari professorlari Andrew Ng va Daphne Koller tomonidan tashkil etilgan[8][9][10]. Ng va Koller 2011-yil kuzida oʻzlarining Stanford kurslarini onlayn tarzda taqdim etishni boshladilar va koʻp oʻtmay Stanfordni tark etib, Coursera platformasini ishga tushirdilar. Princeton, Stanford, Michigan va Pensilvaniya universitetlari ushbu platformada kontent taklif qilgan dastlabki oliy taʼlim muassasalari boʻldi[11][12].
2014-yilda Coursera ham Webby mukofotining gʻolibi (Veb-saytlar va mobil saytlar taʼlimi yoʻnalishida), ham Xalq ovozi mukofotining sohibi (Veb-saytlar va mobil saytlar taʼlimi yoʻnalishida) boʻldi[13].
2021-yil mart oyida Coursera dastlabki ommaviy taklif uchun ariza topshirdi[14]. Toʻqqiz yillik kompaniya 31-dekabrda yakunlangan moliyaviy yil uchun taxminan 293 million dollar daromad keltirdi. Bu koʻrsatkich 2019-yilga nisbatan 59 foizga oʻsganini hisobotda taʼkidlangan. Sof zararlar yiliga taxminan 20 million dollarga oshdi, 2020-yilda esa 66,8 million dollarni tashkil etdi[15]. Coursera 2020-yilda marketing uchun 107 million dollar sarflagan[16].
2025-yil dekabrda Coursera Udemy – taʼlim texnologiyalari kompaniyasini taxminan 930 million dollar qiymatidagi aksiyalar evaziga sotib olishga rozilik bildirdi. Bu kelishuv natijasida birlashgan kompaniyaning umumiy qiymati 2,5 milliard dollarni tashkil etdi[17].
Moliyaviy holati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Coursera daromadi 2019-yildagi 184 million dollardan 2020-yilda 294 million dollarga koʻtarildi. 2020-yilda kompaniya marketing va reklamani kuchaytirgani uchun 66 million dollar yoʻqotdi[18]. 2021-yilning birinchi choragi yakunlariga koʻra, Coursera kompaniyasining daromadi 88,4 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 64 foizga yuqori. Shu bilan birga, kompaniya 18,7 million dollar miqdorida sof zarar koʻrgan, GAAP boʻlmagan hisob-kitoblarga koʻra esa zarar 13,4 million dollarni tashkil etgan[19]. Coursera maʼlumotiga koʻra, isteʼmolchilardan tushgan daromad 51,9 million AQSh dollarini tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 61 foizga oshgan. Korxonalardan olingan daromad esa 24,5 million dollar boʻlib, bu koʻrsatkich 63 foizga koʻtarilgan. Diplom dasturlaridan tushgan daromad 81% oshib, 12 million dollarni tashkil qildi[19].
2021-yilning uchinchi choragida Coursera 109,9 million AQSH dollar daromad koʻrgan, bu oʻtgan yilgi 82,7 million dollardan 33 foizga koʻpdir. Yalpi foyda 67,7 million dollarni yoki daromadning 61,6 foizini tashkil etdi. Sof zarar (32,5) million dollarni yoki daromadning (29,5) foizini tashkil etdi.
Bugungi kunga qadar Coursera hech qachon foyda koʻrmagan[20]. Kompaniya 2025-yilda zarar koʻrib ishlagan boʻlsa-da, uning moliyaviy natijalari tahlilchilar kutganidan ham oshib ketdi. 2025-yil iyun oyida yakunlangan ikkinchi chorak boʻyicha Coursera kompaniyasi har bir aksiya uchun −0,03 dollar zarar (EPS) qayd etdi. Bu koʻrsatkich tahlilchilar kutgan −0,06 dollarlik prognozdan yaxshiroq natija hisoblanadi[21]`.
Moliyalashtirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Startap Kleiner Perkins Caufield & Byers va New Enterprise Associates kompaniyalari tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, dastlabki moliyalashtirish bosqichida 16 million dollar mablagʻ jalb qildi. 2013-yilda GSV B seriyali investitsiya bosqichiga boshchilik qildi va ushbu bosqichda jami 63 million dollar miqdorida mablagʻ jalb etildi. 2015-yilda NEA qoʻshma korxonasi 60 milliondan ortiq boʻlgan dollarni C seriya doirasida Courseraga investitsiya qiladi. 2017-yilda kompaniya oʻzining mavjud investorlaridan D seriyali moliyalashtirish bosqichida 64 million AQSh dollari miqdorida mablagʻ jalb etdi[22]. 2019-yilda kompaniya SEEK Group, Future Fund va NEA tomonidan E seriya doirasida 103 million dollar qiymatida investitisiya oldi[23]. 2019-yilda kompaniyaning qiymati 1 milliard dollardan oshdi. 2020-yil iyul oyida kompaniya F seriyasi uchun 130 million dollar mablagʻ jalb qilganini eʼlon qildi va oʻz qiymatini 2,5 milliard dollargacha oshirdi[24].
Coursera kompaniyasi 2021-yil 31-mart kuni Nyu-Yorkda oʻtkazilgan dastlabki ommaviy aksiyalar savdosi (IPO) doirasida aksiyalarini har birini 33 dollardan baholadi. Natijada kompaniyaning umumiy bozor qiymati taxminan 4,30 milliard dollarni tashkil etdi. IPO taxminan 519 million dollar yigʻishni maqsad qilgan. Coursera daromadi 2020-yilda 59 foizga oshib, 293,5 million dollarni tashkil etdi. IPO doirasida qariyb 14,7 million dona oddiy aksiya taklif etildi. Shundan taxminan 1,1 million aksiya mavjud aksiyadorlar tomonidan sotuvga chiqarildi[25].
Biznes modeli
[tahrir | manbasini tahrirlash]
2013-yil sentyabr oyida Coursera kursni muvaffaqiyatli tugatganligini tasdiqlovchi sertifikatlarni sotish orqali 1 million dollar daromad olganini eʼlon qildi[26]. Kompaniya 2013-yilda ilk bor pullik kurs variantlarini joriy etdi. Soʻngra ushbu kurslar doirasida taʼlimni muvaffaqiyatli yakunlaganlikni tasdiqlovchi sertifikatlar ham taqdim eta boshladi[27]. 2015-yil oktyabr holatiga koʻra, kompaniya jami 146,1 million dollarlik mablagʻni qoʻshma korxonalardan jalb qilgan[28].
2016-yil yanvar oyida Coursera „Mutaxasisliklar“ tarkibiga kiruvchi kurslarda baholar va vazifalarni olish uchun toʻlov qilish tizimini joriy qildi[29]. Kompaniya ehtiyojmand odamlarga yordam berib, kurslarni bepul taqdim etdi[30]. 2016-yil iyul oyida kompaniya korxonalarga moʻljallangan „Coursera biznez uchun“ deb nomlangan loyihani ishga tushirdi. TechCrunchning taʼkidlashicha, kompaniya shu orqali daromadli korporativ onlayn taʼlim bozoridan qoʻshimcha daromad olish imkoniyatiga ega boʻldi. Ayrim hisobotlarga koʻra, faqat AQShning oʻzida bu bozor hajmi 12 milliard dollarga baholangan[31]. L’Oréal, Boston Consulting Group va Axis Bank Coursera biznes uchun loyihasining mijozlari hisoblanadi. 2016-yil oktyabr oyida Coursera mutaxassisliklar uchun oylik obuna namunasini va 1 haftalik bepul sinov muddatini ishga tushirdi. Kompaniya obuna narxlari „mavzu sohasiga qarab“ farq qilishini aytdi[32].
2017-yil yanvar oyida kompaniya „Coursera hukumatlar va notijorat tashkilotlar uchun“ nomli dasturini ishga tushirdi. Coursera Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi faxriy kishilar va harbiy oilalar instituti (IVMF) hamda Misr, Moʻgʻuliston, Singapur, Malayziya, Pokiston va Qozogʻistondagi tashkilotlar bilan hamkorlik oʻrnatganini maʼlum qildi[33]. 2017-yil iyun oyida Jeff Maggioncalda Coursera bosh direktori boʻldi[34][35][36].
2018-yil mart oyida Coursera turli sohalarda bakalavrlik va magistrlik darajalarini qamrab olgan oltita toʻliq onlayn taʼlim dasturlarini ishga tushirdi[37].
2020-yilda eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, Coursera aralash model asosida faoliyat yuritmoqda. Bunda talabalarning 10 foizdan kamrogʻi kurslar uchun haq toʻlashni tanlagan boʻlsa, aksariyat qismi mavjud bepul imkoniyatlardan foydalanishni afzal koʻrgan. Diplom dasturlari boʻyicha talabalarning taxminan 60 foizi dastlab bepul kurslarni oʻrganadi. Courseraning bosh direktori platformani Applening ilova doʻkoniga oʻxshash „boshqariladigan bozor“ sifatida taʼriflaydi. Bu yerda kompaniya kurslarni saralaydi, format standartlarini oʻrnatadi va narxlash boʻyicha yoʻriqnomalar belgilaydi. Daromad taqsimoti turlicha boʻlib, universitetlar diplom kurslaridan olingan foydaning 60 foizini qoʻlga kiritadi. Texnologiya va biznes yoʻnalishidagi sertifikat kurslari uchun esa daromad teng ikkiga boʻlinadi[38] .
Strategik hamkorlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil dekabr holatiga koʻra, hamkorlarning umumiy soni 29 mamlakatda 200 dan ortiqni tashkil etgan. Coursera asosan universitetlar va kollejlar bilan, shuningdek korporatsiyalar va hukumatlar bilan ham ishlaydi[39]. Courseraning hamkor universitetlari qatoriga Braziliyadagi San-Paulu universiteti, Buyuk Britaniyadagi London universiteti, Hindistondagi Indian School of Business, Janubiy Koreyadagi Yonsei universiteti, Birlashgan Arab Amirliklaridagi Ajman universiteti, shuningdek Yale, Illinoys universiteti va Pensilvaniya universiteti kabi nufuzli oliy taʼlim muassasalari kiradi[40][41][42][43][44][45][46]. Google professional sertifikatlash dasturini ishga tushirdi[47]. Soʻngra Google kompaniyasi oʻzining barcha sertifikatlarini toʻrt yillik oliy taʼlim diplomiga tenglashtirgan[48][49].
Mahsulot va xizmatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kurslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Coursera kurslari har haftada 1-2 soatlik video darslardan iborat boʻlib, taxminan 4 haftadan 12 haftagacha davom etishi mumkin. Ushbu kurslar oʻz ichiga viktorinalar, haftalik mashqlar, tengdoshlar tomonidan baholanadigan va koʻrib chiqiladigan topshiriqlar, ixtiyoriy topshiriqlar va baʼzan kursni yakunlash uchun yakuniy loyiha yoki imtihonni oʻz ichiga oladi[50]. Kurslar ham buyurtma asosida taqdim etiladi, bu holda foydalanuvchilar bir vaqtning oʻzida mavjud boʻlgan barcha materiallar bilan kursni yakunlash uchun oʻz vaqtlarini sarflashlari mumkin. 2015-yil may oyi holatiga koʻra, Coursera 104 ta buyurtma kurslarini taklif qildi. Ular, shuningdek, uyda bajarilishi mumkin boʻlgan 2-3 soatlik qisqa loyihalarni ham taklif etadi.
„Coursera Impact Report 2020“ maʼlumotlariga koʻra, odamlar Coursera orqali eng koʻp oʻrganadigan beshta mashhur kurs kontaktlarni kuzatish, raqamli marketing, loyihalarni boshqarish, Python dasturlash tili va ijtimoiy psixologiya boʻlgan[51]. Bundan tashqari, Coursera asoschisi Andrew Ng tomonidan yaratilgan DeepLearning. AI ixtisoslashuv kurslari, jumladan „Yaxshilik uchun sunʼiy intellekt“ ixtisoslashuvi, ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.
Darajalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Pappano, Laura. „The Year of the MOOC“ (en-US). The New York Times (2012-yil 2-noyabr). 2020-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.
- ↑ „How Coursera Makes Money“ (en). Investopedia. 2023-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.
- ↑ Leighton, Mara „Coursera is one of the top online learning platforms, with thousands of courses from schools like Yale, Geis College of Business and companies like Google — here's how it works“ (en-US). Business Insider. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „Coursera – Certified B Corporation – B Lab Global“ (en-us). www.bcorporation.net. 2024-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
- ↑ Iris „Coursera Receives B Corp™ Certification“ (en-US). Coursera Blog (2021-yil 2-fevral). 2024-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
- ↑ „Coursera to Announce Fourth Quarter and Full Year 2023 Financial Results“ (en). www.businesswire.com (2024-yil 18-yanvar). 2024-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-fevral.
- ↑ Obias, Rudie (2024-01-31). „Sign up for Coursera Plus and Save $600 on an Annual Subscription“. Rolling Stone (ingliz (Amerika)). 2024-02-06da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2024-02-06.
- ↑ Tamar Lewin. „Universities Reshaping Education on the Web“. The New York Times (2012-yil 17-iyul). 2017-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
- ↑ Quora. „Coursera Co-Founder Andrew Ng: AI Shouldn't Be Regulated As A Basic Technology“ (en). Forbes. 2020-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-oktyabr.
- ↑ NPR Staff. „Online Education Grows Up, And For Now, It's Free Listen·18:14“. NPR (2012-yil 30-sentyabr). 2017-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
- ↑ Staff. „Teaching the World: Daphne Koller and Coursera“. IEEE (2012-yil avgust). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
- ↑ Waters, Audrey. „Coursera, the Other Stanford MOOC Startup, Officially Launches with More Poetry Classes, Fewer Robo-Graders“. Hacked Education (2012-yil 18-aprel). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
- ↑ „Coursera | The Webby Awards“ (en). Webby. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
- ↑ „Online education startup Coursera has filed for an IPO“ (2021-yil 6-mart). 2021-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-mart.
- ↑ León, Riley de „Coursera files for IPO amid online learning boom“ (en). CNBC (2021-yil 5-mart). 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ McKenzie, Lindsay „'MOOCs Failed, Short Courses Won'“. www.insidehighered.com (2021-yil 9-mart). 2021-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-mart.
- ↑ Sriram, Akash. „Coursera to buy Udemy, creating $2.5 billion firm to target AI training“ (en-US). Reuters (2025-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2025-yil 19-dekabr.
- ↑ „Coursera S-1“. sec.gov. Securities and Exchange Commission. 2021-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-mart.
- ↑ 19,0 19,1 Savitz, Eric J. „Coursera Posts Strong Growth in First Quarter Since IPO“ (en-US). www.barrons.com. 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-may.
- ↑ „Coursera, Inc. (COUR)“. finance.yahoo.com. Yahoo Finance. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Coursera, Inc. (COUR) Earnings Report“. Nasdaq. Qaraldi: 2025-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Online learning startup Coursera raises $64M at an $800M valuation“ (en-US). TechCrunch (2017-yil 7-iyun). 2021-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-yanvar.
- ↑ „Online learning startup Coursera picks up 203M, now valued at 2B+“ (en-US). TechCrunch (2019-yil 25-aprel). 2021-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-yanvar.
- ↑ Adams, Susan. „Online Learning Platform Coursera Raises 330 Million At Reported $2.6 Billion Valuation“. Forbes (2020-yil 17-iyul). 2020-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.
- ↑ „Coursera to raise about $519 million in U.S. IPO at over $4 billion valuation“. Reuters (2021-yil 31-mart).
- ↑ Heussner, Ki Mae. „Coursera hits 27M in revenue through verified certificates“. Gigaom (2013-yil 12-sentyabr). 2017-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
- ↑ Fain, Paul. „Paying for Proof“. Inside Higher Ed (2013-yil 9-yanvar). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
- ↑ Staff. „Coursera: CNBC Distruptor“. CNBC (2013-yil 9-yanvar). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
- ↑ Staff. „Coursera to Charge Fees for Previously Free Courses“. EdSurge (2016-yil 25-yanvar). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
- ↑ Staff. „IIE to Connect Refugee Students with Online Courses through New Coursera for Refugees Program“. Institute of International Education (2016-yil 20-iyun). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
- ↑ Sawers, Paul. „Coursera for Business launches to tap the billion-dollar corporate e-learning market“. VentureBeat (2016-yil 31-avgust). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
- ↑ Kuchler, Hannah „Education start-up Coursera shifts to monthly subscriptions“. Financial Times (2016-yil 31-oktyabr). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
- ↑ Sawers, Paul. „Coursera for governments and nonprofits launches to 'close the growing skills gap'“. VentureBeat (2017-yil 24-yanvar). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
- ↑ Korn, Melissa. „Coursera Names Financial Engines Ex-CEO Jeff Maggioncalda as New Leader“ (en-US). Wall Street Journal (2017-yil 13-iyun). 2017-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.
- ↑ „Coursera gets a new CEO: former Financial Engines CEO Jeff Maggioncalda replaces Rick Levin“. VentureBeat (2017-yil 13-iyun). 2017-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.
- ↑ „Coursera hires CEO who helped his last company go public“. www.bizjournals.com. 2017-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.
- ↑ Atack, Patrick „Coursera joins ranks of online degree expansionists with six new degrees“ (en). thepienews.com (2018-yil 6-mart). 2018-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
- ↑ Lohr, Steve. „Remember the MOOCs? After Near-Death, They're Booming“ (en-US). The New York Times (2020-yil 26-may). 2024-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
- ↑ „IT Support Professional Certificate“ (en). Grow With Google. 2020-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-iyul.
- ↑ Heim, Anna „September in Latin America: All the tech news you shouldn't miss from the past month“. The Next Web (2014-yil 4-oktyabr). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
- ↑ Staff. „New IoT and Embedded Systems courses launched on Coursera“. eCampusNews (2016-yil 19-avgust). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
- ↑ Dasgupta, Brinda. „Coursera and ISB launch series of investment management courses“. The Economic Times (2016-yil 9-iyun). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
- ↑ Fairhead, Harry Connolly. „Online Training For IoT Development“. I-Programmer (2016-yil 12-oktyabr). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
- ↑ Choudhury, Atrayee Roy. „Ajman University and Coursera enter partnership aimed at enhancing employability of AU students“. ZAWYA (2022-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 29-noyabr.
- ↑ Martell, Bess Connolly. „School of Music launches 'Music and Social Action' Coursera course“. Yale News (2016-yil 22-fevral). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-mart.
- ↑ DQIndia Online. „Coursera partners with U.S. Department of State and University of Pennsylvania“. DataQuest (2016-yil 17-avgust). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
- ↑ „learn google it guide“. 2021-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
- ↑ „Google announces 100,000 scholarships for online certificates in data analytics, project management and UX“. CNBC (2020-yil 13-iyul). 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
- ↑ „google to launch new career certificate-program“ (2020-yil 21-avgust). 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
- ↑ Kamenetz, Anya „How Coursera, A Free Online Education Service, Will School Us All | Fast Company | Business + Innovation“. Fast Company (2012-yil 8-avgust). 2014-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-aprel.
- ↑ „Report: Coursera Impact Report (2020)“ (en-US). Coursera Press. 2021-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-may.